TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Shimoliy va Janubiy Koreyalar sammiti 12-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin, deb ta’kidladi janubiy koreyaning JTBC telekanali dasturida Janubiy Koreya prezidentining milliy birlashish masalalari, xalqaro masalalar va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mun Chjon In.
"(Uchrashuv – tahr.) 12-13 sentabr kunlari o‘tkaziladi", — deya iqtibos keltiradi maslahatchi so‘zlaridan Yaponiyaning Jiji agentligi.
Yuqori martabali amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Shimol va Janub yetakchilarining uchrashuvi 9-sentabrda bo‘lib o‘tmasligi ehtimolga yaqin, chunki bu vaqtda Pxenyan mamlakat tashkil topganining 70-yilligini nishonlaydi.
Shu bilan birga, Mun Chjo Inning qo‘shimcha qilishicha, Shimol va Janub o‘rtasida urush barham topgani haqida sentabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida e’lon qilish ehtimoli "pasaygan", biroq u bu imkoniyatni to‘liq yo‘qqa chiqarmadi, "agar g‘ayrat qilinsa, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q", dedi u.
Seshanba kuni ikki mamlakat vakillari sammitni sentabr oyida Pxenyanda o‘tkazish haqida kelishib oldilar.
Janubiy Koreya va KXDR yetakchilarining ilk uchrashuvi joriy yil 27-aprel kuni Pxanmundjomda bo‘lib o‘tgan edi, shundan so‘ng ular may oyida, Singarpurda 12-iyunda o‘tkaziladigan Amerika-Shimoliy Koreya sammiti oldidan yana bir marta uchrashgan edilar.