TOShKENT, 27 apr — Sputnik. KXDR prezidenti Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ikki mamlakat o‘rtasidagi demarkatsion chiziqda joylashgan Pxanmunjom muzokaralar punktida uchrashishdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Qizg‘in salomlashuvdan so‘ng ikki davlat rahbarlari suratga tushishdi va muzokaralar o‘tkaziladigan binoga yo‘l olishdi.
Kim Chen In KXDR delegatsiyasi muzokaralarga "tinchlik yo‘lidagi yangi tarix va farovonlikning boshlanishini his qilgan holda" kelganligini bildirdi. O‘z navbatida Mun Chje In Shimoliy Koreya rahbarini kelishuvlarga chorladi. "Agar chin dildan muzokara o‘tkazsak, millatimiz va sayyoramizdagi tinchlikka intilayotgan insonlarga ulkan sovg‘a bergan bo‘lamiz", — dedi u.