TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Ikkala Koreya yetakchilari birgalikda yarashuv timsolini anglatuvchi daraxtni ekishadi. Ushbu tarixiy voqea 27-aprel kuni kunduzi ro‘y berishi kutilmoqda.
Xabarga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen Inni mahalliy vaqt 9.30da harbiy-demarkatsiya chizig‘i yonida kutib oladi. Oradan bir soat o‘tgach, janubdagi demilitarizatsiya qilingan hudud — "Tinchlik uyi"da muzokaralar boshlanadi. Bu muzokaralarga koreyalararo sammit deya nom berilgan.
Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati vakillari ikkala siyosatchi qarag‘ay daraxtini ekishlari haqida ma’lumot bergan. Daraxt yonida o‘rnatiladigan yodgorlik taxtasida "Bu yerda Tinchlik va Farovonlik tomir otgan" degan so‘zlar o‘yib yozilgan bo‘ladi.