Xitoy AQShning 2019-yil uchun Mudofaa budjetiga keskin e’tiroz bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFlag SShA i flag Kitaya
Flag SShA i flag Kitaya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy TIV AQShni sovuq urush fikrlari va natijasi nolga teng bo‘ladigan o‘yin konsepsiyasidan voz kechishga chaqirmoqda

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Xitoy AQSh tomonidan qabul qilingan 2019-yilgi Mudofaa budjetiga keskin e’tiroz bildiradi, chunki hujjat matnida Xitoyga nisbatan negativ munosabat mavjud, deb bayonot qildi XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan.

Flag SShA i flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy: AQSh tarixdagi eng yirik savdo urushini boshlab yubordi

"Xitoy tomoni bu masalada ko‘p marotaba o‘z pozitsiyasini bildirgan va amerika tomonga taqdimnoma kiritgan. Biz, AQSh Xitoy tomonidan birdirilgan e’tirozlarni e’tiborga olmay, kontekstida Xitoy haqida negativ munosabatlar bildirilgan, 2019 yil uchun Mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, uni imzolaganiga qat’iy norozilik bildiramiz", — deyiladi XXR tashqi mahkamasi saytida e’lon qilingan Lu Kan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni 2019 moliyaviy yil 716 milliard dollar hajmida mamlakat mudofaa budjetini imzoladi. Bu 2018-yilgi budjetdan 3% (20 milliard) ko‘pdir.

Xitoy TIV AQShni sovuq urush fikrlari va natijasi nolga teng bo‘ladigan o‘yin konsepsiyasidan voz kechishga chaqirmoqda.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi

"Biz amerika tomonini Xitoy va Xitoy-Amerika munosabatlariga obyektiv munosabatda bo‘lishga, bir Xitoy va uch Xitoy-Amerika kommunikesi tamoyiliga qat’iy amal qilishga, Xitoy-Amerika munosabatlariga, shuningdek, muhim sohalarda ikkiyoqlama hamkorlikka putur yetkazmaslik uchun qonunning negativ nizomlarini amaliyotga tatbiq etmaslikka chaqiramiz", - deyiladi bayonotda.

AQSh tomonidan qabul qilingan qonunda, Eron va KXDR bilan bir qatorda Xitoy ham, xususan kibersferada AQSh dushmanlaridan biri sifatida tilga olingan.

Qonun hujjatida ta’kidlanishicha, Rossiya va Xitoyda gipertovushli qurol ishlab chiqarilishi munosabati bilan AQSh tomonidan "oddiy turdagi qurol-aslahalar yordamida tezlikda zarba berish" imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0