"Tiz cho‘ktirolmaydi": Erdo‘g‘on AQShdan bo‘layotgan bosimga javob qaytarmoqchi

© REUTERS / UMIT BEKTASPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti taxminiga ko‘ra, savdo urushini boshlab yuborganlar, "Turkiyani barcha sohalarda o‘ziga tobe qilshni rejalashtirishmoqda. "Turkiya "o‘ta ayyor o‘yin"ga ro‘baro bo‘lgan. Ammo mamlakat valyuta kursidan titramaydi", deydi Turkiya prezidenti

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Amerika hukumati tomonidan boshlab yuborilgan savdo urushiga rasmiy Anqara qay tarzda javob qaytarishi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp hukumat ishini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda

Ilgariroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyadan olib kiriladigan alyumin va po‘latga to‘lanadigan boj oshirilganligi haqida e’lon qilgan edi. Bu esa o‘z navbatida turkiya lirasining favqulodda pastlab ketishini keltirib chiqardi.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Anqara "yangi bozorlarga yuz o‘girishni" rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Erdo‘g‘on Turkiya yangi tashkilot va ittifoqlarga qo‘shilishini ham istisno etmadi.

Turkiya prezidenti taxminiga ko‘ra, savdo urushini boshlab yuborganlar, "Turkiyani barcha sohalarda o‘ziga tobe qilib olishni rejalashtirishmoqda. Erdo‘g‘on Turkiya "o‘ta ayyor o‘yin"ga ro‘baro bo‘lganini aytdi. Ammo mamlakat "valyuta kursidan titramaydi", dedi u.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Gulenni plagiatchi, uning tarafdorlarini esa lo‘ttibozlar deb atadi

Shu bilan birga, Turkiya prezidenti AQShni barcha terrorchilik uyushmalari bilan aloqada aybladi.

"Biz, 81 millionli mamlakat bilan hamkorlik va ittifoqdoshlikni terrorchilik tashkilotlari bilan bo‘lgan aloqalar uchun qurbon qiladiganlarga "alvido" deymiz", - deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Turkiyani tiz cho‘ktira olmaydi. Erdo‘g‘on, shuningdek, o‘z xalqini vahimaga tushmaslikka va valyuta xarid qilish maqsadida, banklarni qamal qilmaslikka chaqirgan.

Sal oldin Amerika Moliya vazirligi protestant mazhabidagi ruhoniy Endryu Branson ishi tufayli, Turkiya Adliya vaziri Abdulxamit Gulga va mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylularga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

Fatxulla Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Fatxulla Gulen va yana 130 qochqin Turkiya fuqaroligidan mahrum qilindi

Amaldorlarga AQShga kirish taqiqlandi, ularning Amerikadagi aktivlari esa muzlatib qo‘yildi. Shundan keyin liraning dollarga nisbatan qiymasti favqulodda pasayib ketdi.

Amerikalik pastor Turkiyada 2016-yilning oktabridan beri ushlanib kelinadi. Endryu Branson radikal islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulenning FETO tashkiloti bilan hamkorlikda, shuningdek, Turkiyada taqiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanmoqda. Bransonning o‘zi barcha ayblovlarni inkor etib, ularni "sharmandali va jirkanchli" deya atab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0