Fatxulla Gulen va yana 130 qochqin Turkiya fuqaroligidan mahrum qilindi

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fatxulla Gulen
Fatxulla Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya hukumati tomonidan tuzilgan ro‘yxatdan joy olgan odamlar mamlakatga qaytib, hukumatga taslim bo‘lsalargina fuqarolikni saqlab qolishlari mumkin

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Turkiya hukumati tomonidan mamlakatda harbiy ison tashkil etganlikda ayblanib kelayotgan radikal islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulen Turkiya fuqaroligidan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Turk politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Turk politsiyasi Gulen tarafdorlarini hibsga olish operatsiyasini boshladi
Turkiya hukumati qahriga uchragan targ‘ibotchidan tashqari chet davlatda bo‘lgan yana 130 kishi fuqarolikdan mahrum qilingan. Ulairning barchasiga nisbatan ayni vaqtda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ro‘yxatga tushganlar 3 oy ichida vatanga qaytib, rasmiy organlarga murojaat qilmasalar Turkiya pasportidan mahrum bo‘lishlari aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbulda sodir bo‘ldi. Isonchilarni hisobga olmaganda 246 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Qo‘zg‘olon bostirildi.

Turkiya hukumati Gulenni davlat to‘ntarishiga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishini so‘radi. Gulenning o‘zi esa isonni qoraladi va bu ishga aloqasi yo‘qligini bildirgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0