TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Qirg‘iziston yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov ushbu haftaning o‘rtasida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar qilmoqd Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy tashrif 13-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston prezidenti, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayevga prezidentlar uchrashuviga sinchikovlik bilan tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti o‘zining birinchi xorijay safarini Rossiyaga amalga oshirgan edi.