Qirg‘iziston prezidenti migrantga aylanmaslik uchun sigir sotib olishni maslahat berdi

Obuna bo‘lish
Prezident gubernatorligi davrida "migratsiyani to‘xtata olmagani" haqida ma’lum qildi va hukumat organlariga regionlarni rivojlantirishda yordam berajagini aytdi

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov migratsiyani qay tarzda to‘xtatish haqida gapirdi. U bu borada fikrlarini davlat ma’muriyati va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida bildirib o‘tdi.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan o‘rtamizda chegaralar bo‘lmaydi
Ishchi guruh 2018-yil regionlarni rivojlantirish yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan tarkib topgan.

Prezident gubernatorligi davrida "migratsiyani to‘xtata olmagani" haqida ma’lum qildi va hukumat organlariga regionlarni rivojlantirishda yordam berajagini aytdi. Jeenbekov u Bosh vazir lavozimini egallaganida, sut ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri Talos va O‘sh viloyatlarida o‘z filiallarini ochganini, buni natijasida sutning tan narxi besh somga oshganini eslatib o‘tdi.

"Uch-to‘rt bosh sigir bo‘lsa, oila ta’minoti yaxshilanadi, bundan tashqari seleksiyaga e’tibor berish kerak. To‘rt bosh sigiri borlar bir sutkada 60 litr sut olish imkoniga ega bo‘ladi, uni 20 somdan sotib, kuniga 1200 som, oyiga 36 ming som daromad qilish mumkin. Bu esa migrant daromadi bilan teng, shu tariqa migratsiyaga barham bersa bo‘ladi", — deya iqtibos keltirgan Sputnik Qirg‘iziston davlat rahbari so‘zlaridan.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning 1 milliongacha fuqarolari mehnat qilishadi. Shulardan 80%i Rossiyada ishlashadi.

Yangiliklar lentasi
0