Mirziyoyev Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l o‘tkazgichda transportlar 6 ta qatorda harakatlanadi.

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Bunyodkor ko‘chasidagi yangi qurib bitkazilgan ko‘prikni ko‘rishga bordi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Ulitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi yopildi

Ma’lumki, Bunyodkor ko‘chasi Toshkent shahrining eng serqatnov yo‘llaridan biri. Bu ko‘chaning Toshkent halqa yo‘li, Farhod, Muqimiy, Islom Karimov, Navoiy va boshqa yirik ko‘chalar bilan kesishgan joylarida yo‘l o‘tkazgich va tunnellar qurilgan. 

Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq Bunyodkor va Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasida ham yangi ko‘prik bunyod etildi. Buning natijasida endi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab to‘xtovsiz va xavfsiz harakat ta’minlanadi. Yo‘l o‘tkazgichda transportlar 6 ta qatorda harakatlanadi. 

Shuningdek, bu yerda 124 metrlik ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurilgan. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida lift va eskalator o‘rnatilgan. 

O‘zbekiston rahbari hududda amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Bunday inshootlarni qulaylik va xavfsizlik nuqtayi nazaridan aql bilan loyihalashtirish, ularni sifatli va zamonaviy qilib qurish zarurligini ta’kidladi.

Virubka mnogoletnix derevyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda daraxtlarni kesish bo‘yicha meyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda

Ushbu maydon va ko‘chalarda odamlarga qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini ham kirib ko‘rdi. Bog‘ni zamonaviy qilib qayta qurish, bu yerda ochiq va yopiq akvapark barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bog‘dagi bironta ham daraxt kesilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0