Jamiyat

Oʻzbekistonda daraxtlarni kesish boʻyicha meʼyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda

© Troll.uzVыrubka mnogoletnix derevyev
Vыrubka mnogoletnix derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ekologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan taklifda butun Respublika hududidagi daraxtlarni inventarizatsiya qilish kerakligi haqida aytilgan. Shuningdek, Senatga daraxtlarni raqamlash boʻyicha taklif kiritilishi rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda hozirgi kungacha daraxtlar ekilishi yoki kesilishini nazoratga oladigan tashkilot yoʻq, deb taʼkidlandi jurnalistlarning savoliga javoban Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining joriy yil birinchi yarim yilligi faoliyati yakunlariga va yaqin istiqboldagi ustuvorliklarga bagʻishlangan matbuot-anjumanida.

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda daraxtlarni ruxsatsiz kesgan shaxslarga chora koʻrildi

Tadbir davomida Ekologiya qoʻmitasi vakili bu masalada butun Respublika hududida inventarizatsiya oʻtkazish lozimligini qayt etdi.

"Ayniqsa, shahar va aholi koʻp yashaydigan punktlarda bu ishni amalga oshirish lozim. Qancha daraxtimiz bor, qaysi tur daraxt, ahvoli qanaqa, qanchasi zararlangan, qanchasi qurigan? Oʻshanga qarab, keyin chora koʻrish kerak", - dedi u.

Shuningdek, daraxtlarni qonuniy kesish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Ekologiya qoʻmitasi vakilining soʻzlariga koʻra, qonun boʻyicha daraxt ikki holda kesilishi mumkin: sanitariya kesish yoki qurilish ostiga tushganida. Sanitariya kesishga zararlangan, qurigan yoki avariya holatiga kelgan daraxtlar kiradi. Qurilish ostiga tushganlar - obʼyekt qurilishi, uy qurilishi lozim boʻlgan hududlardagi daraxtlar nazarda tutiladi.

Vыrubka mnogoletnix derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Daraxtxoʻr” manqurtlar bizda qanday koʻpayib ketdi? – deputat

"Hozir respublikada juda ham koʻp qurilish ishlari olib borilmoqda. Xohlaymizmi-xohlamaymizmi, agar qurilish ostiga tushgan boʻlsa, oʻsha daraxtlarni kesishga toʻgʻri kelyapti", - dedi Ekologiya qoʻmitasi vakili.

Qoʻmita vakilining soʻzlariga koʻra, daraxtlarni kesish tartibi toʻgʻrisida ham bugungi kunda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. 

Matbuot-anjumani ishtirokchilari Senatga Oʻzbekistondagi, ayniqsa shahar joylardagi mavjud daraxtlarni raqamlab borish toʻgʻrisida taklif bilan chiqishga kelishib oldilar.

Germaniyada bir yoshdan oshgan madaniy va mevali daraxtlar raqamlanishi bunga misol tarzida keltirildi va kichik plastmassa tasma daraxtga zarar yetkazmasligi qoʻshimcha qilindi.

Yangiliklar lentasi
0