Jamiyat

Toshkentda Amir Temur shoh koʻchasining bir qismi yopildi

© SputnikUlitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii
Ulitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“KB Strelka” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent seni sevadi” kompleks dasturi va “Dizayn kod” loyihasi asosida Toshkent yoʻllarida rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari boshlandi.

TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumani Amir Temur shoh koʻchasining Osiyo koʻchasi bilan kesishgan qismidan Toshkent kichik avtomobil halqa yoʻl oʻtkazgich (koʻprik) qismigacha boʻlgan qismida harakat vaqtincha cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlum qiladi.

© SputnikUlitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii
Toshkentda Amir Temur shoh koʻchasining bir qismi yopildi - Sputnik Oʻzbekiston
Ulitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyuldagi “Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini borishi toʻgʻrisida”gi sayyor yigʻilishi bayoni bilan xorijiy tashabbuskor (Rossiya Federatsiyasi) “KB Strelka” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent seni sevadi” kompleks dasturi va “Dizayn kod” loyihasi asosida Toshkent yoʻllarida rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari boshlandi.

© SputnikUlitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii
Toshkentda Amir Temur shoh koʻchasining bir qismi yopildi - Sputnik Oʻzbekiston
Ulitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii
© SputnikUlitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii
Toshkentda Amir Temur shoh koʻchasining bir qismi yopildi - Sputnik Oʻzbekiston
Ulitsa Amira Timura v Tashkente na rekonstruktsii

“Rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarining birinchi bosqichini olib borilishi munosabati bilan, qolaversa fuqarolar xavsizligini taʼminlash maqsadida 15 avgust kuniga qadar ushbu yoʻnalish boʻyicha harakatlanayotgan barcha turdagi transport vositalarini harakati vaqtincha toʻxtatiladi”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Yangiliklar lentasi
0