TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Xitoy 138 mamlakatga VII Butunjahon yozgi harbiy o‘yinlarda ishtirok etishga taklifnoma yo‘lladi. Tadbir 2019-yilning kuzida Uxan shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, taklifnomaga tadbirning batafsil reglamenti ilova qilingan. Shuningdek, tadbir o‘tkaziladigan Uxan shahri haqida asosiy ma’lumot berilgan va musobaqa o‘tkaziladigan joy, sharoitlar, ro‘yxatdan o‘tish namunasi va boshqa foydali ma’lumotlar keltirilgan.
Barcha ilovalar bilan birgalikda taklifnoma og‘irligi 1,3 kilogrammni tashkil etadi, barcha ma’lumotlar xitoy va ingliz tillarida berilgan.
"Qatnashishni istagan mamlakatlar 2018-yil 18-oktabrga qadar ishtirok etish istagi bayon etilgan elektron arizani yuborishlari kerak bo‘ladi. 2019-yil 18-yanvardan keyin o‘yinarning rasmiy saytida natijalar jarayoni o‘tkaziladi va ariza topshirgan ishtirokchilar e’lon qilinadi", - deya izoh berilgan hujjatda.
Ishtirokchi davlatlarning yakuni ro‘yxati esa 2019-yil 18-iyulida e’lon qilinadi. Keyingi yil 1-mart sanasiga qadar har bir davlat Uxanga ahvolni o‘rganish va joydagi shart-sharoitlar bilan tanishish uchun maxsus ishchi guruhini yuborishi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan Xitoy Mudofaa vazirligi.
Yettinchi yozgi harbiy o‘yinlar Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida 2019-yilning 18-27 oktabr sanalari oralig‘ida o‘tkaziladi. Sal oldinroq tashkilotchilar, ishtirokchi-davlatlar soni 120dan oshishi mumkin emasligini kutgan edi.
O‘yinlar 1948-yil fevral oyida tashkil etilgan Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) shafeligi ostida o‘tkaziladi.