Jamiyat

Oʻzbekiston harbiylari AQShda boʻlib oʻtadigan oʻquv mashgʻulotlarida qatnashadi

© Press-slujba Minoboronы UzbekistanaVoyennыe Uzbekistana i Kazaxstana likvidirovali terroristicheskuyu gruppirovku na ucheniyax
Voyennыe Uzbekistana i Kazaxstana likvidirovali terroristicheskuyu gruppirovku na ucheniyax - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShga Oʻzbekiston harbiylari bilan bir qatorda Tojikiston, Qozogʻiston, Buyuk Britaniya harbiylari ham kelishdi.

 

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Oʻzbekistonlik harbiylar AQShda 23 avgustga qadar boʻlib oʻtadigan "Sahro burguti- 2018" oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishadi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Uzbekistan vpervыe za 12 let primet uchastiye vo Vsemirnыx voyennыx igrax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek razvedkachilari ArMI musobaqalarida eng yaxshi natijani koʻrsatishdi

Oʻquv mashgʻulotlaridan maqsad BMT standartlari boʻyicha tinchlikni saqlash operatsiyalaridagi vazifalarni oʻzlashtirishdan iborat. Bu yilgi oʻquv mashgʻulotlari Janubiy Karolina shtatidagi MakKreydi poligonida oʻtkaziladi. Qatnashchilar boʻlinmalarni boshqarishni tashkil etish, shtab operatsiyalarini oʻtkazish, turli mamlakatlardagi hamkasblarining tajribalarini oʻrganish masalalari bilan shugʻullanishadi.

"Sahro burguti" mashgʻulotlari 2003 yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Loyiha harbiy operatsiyalarni rejalashtirishda boshqaruv organlarining umumiy yondashuvini ishlab chiqish imkonini beradi. Bunda gap asosan BMT va NATO harakatlari toʻgʻrisida bormoqda.

AQShga Oʻzbekiston harbiylari bilan bir qatorda Tojikiston, Qozogʻiston, Buyuk Britaniya harbiylari ham kelishdi.

Avvalroq oʻzbekistonlik harbiylar Rossiyada yaqinda yakuniga yetgan ArMI-2018 xalqaro musobaqalarida uchinchi oʻrinni egallashgandi.

Yangiliklar lentasi
0