Ozodbek Nazarbekov "O‘zbekkonsert" haqida: nomi o‘zgardi, xolos

© Instagram / ozodbek_official_pageNarodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov
Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekkonsert" faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Xalq artistining aytishicha, "O‘zbekkonsert"ni davlat miqyosidagi davlat tadbirlari: tantanali tadbirlar, to‘ylarning g‘oyaviy tomonlarini nazorat qiladigan muassasaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. "O‘zbekkonsert" faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqiladi, dedi jurnalistlarga chorshanba kuni O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
"Unvon olgunicha tinimsiz yelib-yuguradi": Mirziyoyev xonandalarni tanqid qildi

Nazarbekovning so‘zlariga ko‘ra, "O‘zbeknavo" – "O‘zbekkonsert" etib o‘zgartirilganidan keyin, muassasa nomini aytmaganda, hech nima o‘zgarmagan. Tashkilot faoliyati yoki ichki nizomida o‘zgarish bo‘lmagan, shu bois tashkilot" faoliyatini tubdan takomillashtirish, qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

"Hozir oldimizda bir muammo turibdi. Xabaringiz bor, bizda filarmoniya qayta tashkil qilindi. Shu filarmoniya faoliyati bilan “O‘zbekkonsert” faoliyati bir-birini takrorlab qo‘yishi mumkin. Shu ma’noda, "O‘zbekkonsert" vazifalarini aniq qilib belgilash uchun, uning ichki Nizomini qayta ko‘rib chiqib, boshqatdan shakllantirish masalasi paydo bo‘ldi", - dedi Nazarbekov.

Xalq artistining aytishicha, muassasa nomidan kelib chiqib, "O‘zbekkonsert"ni davlat miqyosidagi davlat tadbirlari: tantanali tadbirlar, to‘ylar bilan bog‘liq tadbirlar(to‘ylarni tartibga solish ya’ni to‘ylarning g‘oyaviy tomonlarini nazoratga olish)ni o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan muassasaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Soveshanie na temu etika artista proshla v Uzbekkonsert - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekkonsert"ning yangi qarori Facebook ahlini taajjubga soldi

"Tashkilotning bunga imkoni yetadi. Chunki san’atkorlar bevosita shu tashkilot resursi hisoblangandan keyin, bu ham mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullansa, "O‘zbekkonsert"ning vazifalari aniq mavjud bo‘ladi", - deb ta’kidladi Nazarbekov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 8-avgust kuni Toshkentdagi Milliy matbuot-markazida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0