TOShKENT, 6 avg - Sputnik. "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi to‘y-hashamlarda kuylanadigan qo‘shiqlar bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarni aylanib chiqqach, internet foydalanuvchilari "O‘zbekkonsert"ning yangi rejasini qizg‘in muhokama qilishga kirishdilar.
Marisha Kamolova nikli foydalanuvchi bu ketishda kelin va kuyovni yaqin kelajakda maktab formasini o‘ylab topayotgan dizaynerlar kiyintirishiga shubha qilmasligini ta’kidlagan.
"Bu muassasa avvaliga tele efirlarda tinmay aylanadigan o‘zi tasdiqlagan arzon klip va qo‘shiqlar bilan barchaning ongini zaharlaydida, keyin esa hammaga nimani tinglash mumkin-mumkinmasligini o‘rgatmoqchi bo‘ladi. Avvaliga efirlarni tozalang! Xalq o‘zi ajratib oladi nimani eshitish kerak yoki kerakmasligini", - deb yozgan Muzaffar Azimov.
Timur Abidov nikli foydalanuvchi bu qaror issiq ta’sirida qabul qilingan bo‘lsa kerak, degan qarorga kelgan. "Yaqinda ZAGS hokimiyat bilan hamkorlikda birgalikda hayot kechirish uchun tavsiya etilgan kishilar ro‘yxatini taqdim etsa ajablanmayman", - deb qo‘shimcha qilgan Abidov.
Dilfuza Beknazarova nikli foydalanuvchi O‘zbekiston taraqqiyot sari yo‘nalishini o‘zgartirgan bir vaqtda "O‘zbekkonsert"ning bu qarori sharmandalikdan boshqa narsamasligini qo‘shimcha qilgan.
"Ha, endi faqat tavsiya etilgan kelinlar ro‘yxatini omma e’tiboriga havola qilish qoldi, xolos", - deb yozgan yana bir foydalanuvchi.