Medvedev: NATO mamlakatlari Rossiyaga dushmanga qaragandek qaraydi

Obuna bo‘lish
Hozirda bir vaqtlar bo‘lgani kabi ikki kuch qarama-qarshiligi bo‘lmasa-da, NATO o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, u tobora kengayib bormoqda, deb ta’kidladi Medvedev

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. NATO mamlakatlari Rossiyaga dushmani singari qaraydi, ularning harbiy salohiyati, xususan yadro triadasi ham Rossiyani nishonga olgan, deb bayonot qildi Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

Emblema NATO - Sputnik O‘zbekiston
Moskva NATOni jiddiy ogohlantirdi

"Biz Sovet Ittifoqi va Varshava kelishuvi qay tarzda barbod bo‘lgani guvohi bo‘lganmiz. Ammo shu vaqtning o‘zida NATO saqlanib qoldi va u bugungi kunda Rossiya Federatsiyasini har tomondan qurshab olishga harakat qilmoqda. Bu yerda gap Rossiyaning siyosiy rahbariyati kimgadir yoqishi yoki yoqmasligida ham emas, gap allaqanday mafkuraviy tamoyillar yoki qadriyatlar o‘rtasidagi farqda ham emas, gap oddiy narsalarda, har qanday oddiy inson uchun ayon bo‘lgan narsalarda", - dedi Medvedev "Kommersant" gazetasiga bergan intervyusida.

"Hozirda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ochiq aytganda bir-biriga urush ochgan ikkita blok mavjud bo‘lgan holat yo‘q. NATO esa harakatlarini davom ettirmoqda. NATO faoliyatini shunchaki davm ettirayotgani yo‘q, u tobora kengaymoqda va yanada ko‘proq mamlakatlarni Shimoliy alyansga jalb qilishga harakat qilmoqda", - deb ta’kidladi Rossiya Bosh vaziri.

Medvedev ta’kidiga ko‘ra, Rossiya hukumati bu holatga shunchaki qaray olmaydigan bir nechta sabablar mavjud.

Viktor Baranes - Sputnik O‘zbekiston
Baranes: amerikalik generallar Putinning murojaatini og‘izlarini ochib tomosha qilishgan

"Biz bunga loqayd munosabatda bo‘la olmaymiz, nega deganda hech kim dunyodagi yadroviy ustunlikni bekor qilmagan, harbiy qo‘mondonlar uchun esa turli davlatlardagi strategik yadroviy kuchlar o‘rtasidagi muvozanatni tushunish juda muhim. NATO mamlakatlari esa, bu alyansdagi bizning hamkasblarimiz nimalar demagan taqdirda ham, Rossiya Federatsiyasini baribir potensial dushman sifatida qabul qiladilar. Va ayonki, ularning harbiy salohiyatlari, shu jumladan, yadro triadasi ham Rossiya Federatsiyasiga qaratilgan bo‘ladi. Afsuski, bu fakt", - dedi Medvedev.

Medvedevga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi atrofidagi NATO xalqasi tobora qisqarib, NATOga a’zo bo‘layotgan davlatlar soni tobora oshib borayotgan bir vaqtda, bu holat Rossiya Federatsiyasini tashvishga solmay qolmaydi, albatta.

Yangiliklar lentasi
0