Moskva NATOni jiddiy ogohlantirdi

© REUTERS / Francois LenoirEmblema NATO
Emblema NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya keyingi yillarda NATOning g‘arbiy chegaralar yaqinida mislsiz darajada faollashayotgani haqida aytib kelmoqda.

TOShKENT, 23-may —Sputnik. Moskva NATOni Rossiya chegaralari yaqinida harbiy keskinlikni oshirish xavfli ekanligidan ogohlantiradi, dedi RF tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning “sharqiy qanot”da o‘z harbiy salohiyatini mustahkamlashni tinmasdan kuchaytirishi manzarasida Yevropadagi harbiy-siyosiy vaziyat yomonlashib bormoqda, bu ayniqsa Boltiqbo‘yi makonini harbiylashtirishda aks etmoqda.

"Shimoliy Atlantika alyansini Rossiya chegaralari yaqinida harbiy keskinlikni bundan buyon ham kuchaytirishi Boltiqbo‘yi hududidagi barcha davlatlarning milliy xavfsizligiga nisbatan xatarni faqatgina kuchaytiradi", — dedi Zaxarova brifing davomida.

U bir paytlar harbiy nuqtayi nazardan tinch bo‘lgan hudud qisqa vaqt ichida Moskva tomonidan keladigan xavf haqida o‘ylab topilgan uydirma orqali mahalliy aholi qo‘rquvga solinayotgan frontoldi hududiga aylanganini ta’kidladi.

Rossiya keyingi yillarda NATOning g‘arbiy chegaralar yaqinida mislsiz darajada faollashayotgani haqida aytib kelmoqda. NATO o‘z ta’sirini kengaytirmoqda va buni “Rossiya zo‘ravonligini tutib turish” deb atamoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Rossiya hech kimga tahdid solmasligini, ammo o‘z manfaatlari uchun xavf soladigan harakatlarni e’tibordan chetda qoldirmasligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0