Baranes: amerikalik generallar Putinning murojaatini og‘izlarini ochib tomosha qilishgan

© Foto : Photo: courtesy of Viktor BaranetsViktor Baranes
Viktor Baranes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Komsomolskaya pravda" nashrining harbiy tahlilchisi, iste’fodagi polkovnik Viktor Baranes prezident Vladimir Putinning Federal kengashga murojaatida nima uchun qurol-aslahaga urg‘u berilgani va amerika generallarining bunga munosabati haqida gapirdi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Amerikalik generallar Putinning murojaatini og‘izlarini ochib tomosha qilishgan, Sputnik radiosi efirida harbiy tahlilchi Viktor Baranes.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya uchun eng asosiy tahdid va dushmanni ma’lum qildi
Ekspertga ko‘ra, bugungi kunda hech bir ikkilanishsiz aytish mumkin-ki, aynan Putinning rahbarligi davrida Rossiya qurollari zamonaviylashdi,  va bu holatni hatto opponentlar ham inkor eta olmaydi.

"Nima bo‘ldiki, harbiy komponent Rossiya prezidentining Federal kengashiga murojaatining yadrosini tashkil etdi… Putinning bu bayonoti u bizning armiyamiz va mudofaa majmuamizni nimaga olib kelgani va uning barcha tahdidlarga qarshi javob qaytarishga tayyorligi haqida", — dedi Viktor Baranes.

Ekspert Rossiya yetakchisi o‘z murojaatnomasida nafaqat Rossiya Federal kengashi, balki AQSh Kongressi, shuningdek, NATO shtab-kvartirasiga ham murojaat etganini tushuntirdi.

G‘arbning bu murojaatga reaksiyasi ayyyorona va yolg‘onga sug‘orilgan bo‘ldi, deydi Baranes. Ekspert bunda G‘arbning "Putinning so‘zlaridan hayratlanmagani va barchasi haqida avvaldan bilishlari" haqidagi bayonotlarini nazarda tutayotganini aytdi.

"Ammo amerikalik generallar Putinning chiqishini og‘izlarini ochib tomosha qilishganini aytishmoqda", — deb qo‘shimcha qildi iste’fodagi polkovnik.

Baranes, bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar bugungi kunda "sovuq urush"ning eng qizg‘in pallasida ekanligini ta’kidlagan holda, Rossiya prezidenti mamlakat armiyasining qayta qurollantirilgani haqidagi yangilikni vaqtida e’lon qilganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0