TOShKENT, 2 avg — Sputnik. AQSh senati mamlakat mudofaa budjetini tasdiqladi, bunda Ukrainaga mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish uchun yordam tarzida 250 million dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasining Facebookdagi sahifasida xabar qilingan.
"Hujjatda, xususan, Ukrainaga kiberhujumlarlardan himoyalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, davlat hukumat organlari kompyuter tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash, rossiya axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan tobelikni kamaytirish va axborot almashinuvi dasturlarida ishtirok etishga ko‘mak berish borasida Ukrainaga yordam berish nazarda tutilgan", - deyiladi diplomatik muassasa axborotida.
Ilgariroq, Amerika mudofaa budjeti 2019-yil uchun AQSh kongressi vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan edi. Endilikda unga davlat rahbari imzo chekishi talab etilardi.
2018 yilda Ukraina AQSh, Litva, Buyuk Britaniya va Kanadadan 40 million dollardan ortiq summaga uchar qurollar va boshqa harbiy vositalarni qabul qilgan.
Rossiya Ukrainaga qurol-aslahalar yetkazib berilishi, Donbassdagi mojarolarni yanada ziddiylashishiga olib kelishini ta’kidlab, bu borada bir necha marotaba ogohlantirish bergan. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga chetdan qurol olib kirilishi Donbassdagi vaziyatni bartaraf etishga hamda Minsk kelishuvlarini bajarishga xizmat qilmasligini ko‘plab marotaba qayd etgan.