Ukrainaliklarning 40%i o‘zini yevropalikman deb hisoblaydi - so‘rov natijasi

© BART MAAT / ANP / AFPYevropa Ittifoqi va Ukraina orasida assotsiatsiya kelishuvi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum
Yevropa Ittifoqi va Ukraina orasida assotsiatsiya kelishuvi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 11%i o‘zlarini shak-shubhasiz yevropalik hisoblashini aytgan, so‘rovdan qatnashganlarning yana 26,8%i o‘zlarini yevropalik deb hisoblashlari haqiqatga yaqinligini ta’kidlashgan

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Ilka Kucheriv nomli "Demokratik tashabbuslar" jamg‘armasi va Razumkov ijtimoiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi ukrainaliklarning deyarli 40%i o‘zlarini yevropalik, deb hisoblashini ko‘rsatdi.

So‘rov natijalari chorshanba kuni e’lon qilindi.

Ukraina va YeI bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Pasport yetarli: Yevropa ukrainaliklar uchun o‘z chegarasini ochdi
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-iyundan boshlab Ukraina fuqarolari Shengen zonasidagi mamlakatlarga 90 kun muddatga vizasiz sayohatni amalga oshirishlari mumkin. Vizasiz tartib ishlash yoxud o‘qishga huquq bermaydi. Migratsiya va xavfsizlikka tahdid muammolari yuzaga kelgan taqdirda Yevropa Ittifoqi vizasiz tartibni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishi mumkin.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 11%i o‘zlarini shak-shubhasiz yevropalik hisoblashini aytgan, so‘rovdan qatnashganlarning yana 26,8%i o‘zlarini yevropalik deb hisoblashlari haqiqatga yaqinligini ta’kidlashgan.

Respondentlarning 25,7 %i o‘zlarini umuman yevropalik deb hisoblamasliklarini aytishgan, 29%i esa yevropalik emasman, degan javobni aytgan.

Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 58,9 %i ular o‘zlarini yevropalik deb hisoblashlari uchun moddiy tomondan ahvolini yaxshilashlari zarurligi, 26,2% respondentlar esa buning uchun demkoratiya va inson huquqlari qadriyatlarini hurmat qilish zarurligini ta’kidlashgan.

Ukraina prezidenti P. Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Putin Poroshenko haqidagi savolga javob berdi
So‘rovga ko‘ra, respondentlarning 56,8%i Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi kerakligini, 25,5 % respondentlar esa bunday integratsiyaga qarshiliklarini izhor qilganlar.

Shuningdek, so‘rovda qatnashgan 7,8% ishtirokchilar Ukraina Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini xohlashlarini ta’kidlashgan.

So‘rov 2017-yilning 9-iyunidan 13-iyuniga qadar (Kiyev nazoratida bo‘lmagan Donbass tumanlaridan tashqari) butun Ukraina bo‘ylab o‘tkazilgan. So‘rovda 2018 nafar respondent qatnashgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0