Putin "normand to‘rtligi" a’zolari nimalarga kelishib olishgani xususida gapirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBerlinda bo‘lib o‘tgan "Normand to‘rtligi" yetakchilari uchrashuvi
Berlinda bo‘lib o‘tgan Normand to‘rtligi yetakchilari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Normand to‘rtligi" yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar, jumladan, Ukraina janubi-sharqidagi mojaroda tomonlarni ajratish to‘g‘risida kelishib oldi, deb bayonot qildi Putin Jurnalistlarga

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. 19-oktabr kuni Germaniya poytaxti Berlinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda Ukraina prezidenti Potr Poroshenko ishtirokida "normand to‘rtligi" muzokaralari o‘tkazildi.

Normand to‘rtligi uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Olland, Merkel, Poroshenko va Putin Berlinda uchrashadi
Rossiya prezidenti "normand to‘rtligi nimalar xususida kelishib olgani to‘g‘risida bayonot qildi, deb xabar bergan RIA Novosti.

"Birinchidan, Minsk kelishuvlari xususida. Uchrashuvning barcha a’zolari Ukraina janubi-sharqidagi mojaro bartaraf etilishiga Minsk kelishuvi asos bo‘lmog‘i lozimligini tasdiqladilar. Tomonlar bu kelishuvlar tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar", — dedi Putin Berlindagi uchrashuv yakuni borasida.

Rossiya prezidenti, shuningdek, ishtirokchilar xavfsizlik masalalariga juda ko‘p vaqt sarflaganliklarini ma’lum qildi.

"Masalani hal etish uchun yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ishlar borasida kelishuvlar bo‘ldi", — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Ukraina prezidenti Potr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenkoning Moskvaga po‘pisasi: "Ustimizga qilich ko‘tarib kelgan, qilichdan halok bo‘ladi"
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuvlar mojaro hududida kuchlarni tarqatib yuborish borasida bo‘lgan.

Shuningdek, Putinga ko‘ra, "to‘rtlik" Donbass shahrida OBSE missiyasini kengaytirishga tayyorligini bildirgan. Putin gap og‘ir texnikani olib chiqish va saqlash hududi borasida ketayotganini qo‘shimcha qilgan.

"Afsuski, Ukraina bo‘yicha insonparvarlik masalalarida ko‘p narsaga erishishga muvaffaq bo‘lmadik, ammo ishtirokchilar bu borada ham masalalarni hal etishga tayyorliklarini aytdilar", — deb qayd etdi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Berlin shahrida o‘tkazilgan muzokaralar uch soatdan sal ziyod davom etgan.

Yangiliklar lentasi
0