Toshkent yo‘llarida bir kechada to‘rt yuzdan ziyod qoidabuzarliklar aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoe avtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ko‘chalarida tungi vaqtlarda mast holatda avtomobil boshqargan haydovchilar 6 nafarni, xavfsizlik kamarini taqmaganlar soni esa 209 nafarni tashkil qilgan

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 28-iyuldan 29-iyulga o‘tar kechasi soat 435 ta yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holatlari aniqlandi, deb xabar qildi IIBB matbuot-xizmati.

Xususan, avtomobilni mast holda boshqarganlar 6 kishini, yo‘l belgilari va svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaganlar soni esa 29tani tashkil qilgan. Shuningdek, tegishli hujjatlarsiz avto-moto boshqarganlar – 14ta; xavfsizlik kamarini taqmaganlar – 209tani tashkil qilgan.

motosiklisti - Sputnik O‘zbekiston
"Baykerlar, tarillatmang": IIBB motosikl haydovchilariga murojaat qildi

"Kechki vaqtlarda shahar ko‘chalarida sodir etilayotgan motopoygalar yuzasidan aholidan tushayotgan shikoyatlarga ko‘ra, ushbu tadbirlarda motosiklchilarga alohida e’tibor qaratildi", - deyiladi xabarda.

Toshkent IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimlari motosiklni boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarga ega bo‘lgan motosiklchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga kechki va tungi vaqtlarda aholi oromini buzish mumkin emasligi uqtirishgan.

Ammo, ular orasida nafaqat tezlikni oshirib, dvigatel shovqinini balandlatib ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotgan balki yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgan motosiklchilar ham aniqlangan.

Shtrafi s Kamer - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilar jarimalarni YHXBga bormasdan to‘lashlari mumkin bo‘ladi

Motosiklni tez boshqarib borayotgan 8 nafar motosiklchi to‘xtatilib, tekshirilganda ulardan: 1 nafari mast (29yoshli Vacheslav R., Kawasaki rusumli motosikl); 5 nafari esa tegishli hujjatlarga ega emasligi ma’lum bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati baykerlardan yana bir bor tungi vaqtlarda fuqarolarning oromini buzib, tarillatib motosikl boshqarmaslikni so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0