Haydovchilar jarimalarni YHXBga bormasdan to‘lashlari mumkin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
YPX noziri bayonnomani Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi. Tizim esa avtomatik ravishda “elektron” bayonnomani “O‘zbekiston pochtasi” orqali qoidabuzarning uyiga yuboradi.

TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXBda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun haydovchilar tomonidan to‘lanadigan ma’muriy jarimalarning yangi tartibi joriy etilmoqda. Bu haqda IIBB rasmiy saytida xabar berildi.

“Avvallari, yo‘l harakati qoidasi buzilgan vaziyatda YPX inspektori bayonnoma asosida qoidabuzarning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yar edi. Haydovchi esa guvohnomasini qaytarib olish uchun dastlab YHXBga borishga majbur edi. Bu yerda to‘lov kvitansiyasini olib, belgilangan jarima summasini to‘laganidan so‘ng hujjatlarini qaytarib olardi. Bunday ish uslubi fuqarolarning vaqtini olar, navbatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lardi”, - deyiladi xabarda.

Yangi tartibga ko‘ra, YPX noziri sodir etilgan ma’muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnomani maxsus elektron dastur orqali YHXBning Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi. O‘z navbatida tizim avtomatik ravishda “elektron” bayonnomani “O‘zbekiston pochtasi” AJga yuboradi. Shundan so‘ng, qoidabuzarning uyiga jarima to‘lovi haqidagi ma’lumotnoma keladi. Ushbu turdagi jarimalar faqatgina billing tizmi orqali to‘lanadi.

Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda tonirovka uchun eng qimmat narx qayerda

Billing tizimi orqali jarima to‘lovlarini istalgan bank muassasasida plastik kartochkasi yoki elektron to‘lovlar tizimi yordamida amalga oshirish mumkin. Bu jarayonda avvalgidek kvitansiyalar to‘ldirilmaydi. Jarima to‘lovi haqidagi ma’lumotnomalarning har biri o‘ziga xos identifikatsion raqamlardan iborat bo‘ladi.

To‘lovlarni 15 kun ichida amalga oshirish talab etiladi. Aks holda qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro Burosiga taqdim etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0