"Baykerlar, tarillatmang": IIBB motosikl haydovchilariga murojaat qildi

© Sputnik / Ramil SitdikovFestival "Motoarmiya" v parke "Patriot"
Festival Motoarmiya v parke Patriot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBBga poytaxt aholisidan motosiklning dvigatel ovozi odamlarning tungi oromini buzayotgani haqida juda ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Toshkent shahar IIBB tungi vaqtlarda fuqarolarning oromini buzayotgan baykerlarga murojaat yo‘lladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mejdunarodniy motoprobeg Put kochevnika - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo baykerlari "Ko‘chmanchi yo‘li" xalqaro motopoygasini tashkillashtirdi

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi vaqtlarda Toshkent shahar IIBBga poytaxt aholisidan motosiklning dvigatel ovozi odamlarning tungi oromini buzayotgani haqida juda ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda.

Ular orasida yosh bolali onalar, keksalar va bemor kishilarning boquvchilari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB motosikl ishqibozlaridan kechki va ayniqsa tungi vaqtlarda poygalar uyushtirmaslikni, guruh bo‘lib harakatlanmaslikni so‘ramoqda.

"Unutmang, har bir inson tunda dam olish huquqiga ega. Ularning tinchini buzishga esa hech kimning haqqi yo‘q. Shunday ekan, hamshaharlaringizning hurmatini saqlang, dilozor bo‘lmang!", - deyiladi murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0