Xalqaro press-klubda odam savdosi va noqonuniy migratsiya mavzuyida sessiya bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy press-klub provel spetsialnuyu sessiyu, posvashennuyu Vsemirnomu dnyu borbi s torgovley lyudmi
Mejdunarodniy press-klub provel spetsialnuyu sessiyu, posvashennuyu Vsemirnomu dnyu borbi s torgovley lyudmi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sessiya O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Xalqaro press-klub va BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

TOShKENT, 27-iyul – Sputnik. Xalqaro press-klubda 30-iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi.

Sessiya O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Xalqaro press-klub va BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Astraxanda odam savdosi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Maxsus sessiyada BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasining mintaqaviy vakili Ashita Mittal odam savdosiga qarshi kurash borasida Markaziy Osiyo mamlakatlari to‘qnash kelayotgan muammolar, odam savdosi jinoyatining oldini olish va ta’qib qilish hamda odam savdosi qurbonlarini himoya qilish borasida batafsil ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bo‘limi boshlig‘i Uyg‘un Nig‘madjonov odam savdosi va noqonuniy migratsiya bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi borasida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston IIV odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek G‘aynazarov O‘zbekistondagi odam savdosi va noqonuniy migratsiya bo‘yicha statistik ma’lumotlar hamda ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Zavazanie ruki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV va YeXHT delegatsiyasi odam savdosiga qarshi kurashishni muhokama qildi

Mehnat va bandlik munosabatlari huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Ravshan Ibragimov odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash masalalariga mehnat va bandlik munosabatlari nuqtayi nazaridan to‘xtaldi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0