TOShKENT, 4-may — Sputnik. Astraxan viloyatining "Aksarayskiy" chegara o‘tkazuv punktida odam savdosida gumonlanib xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Rossiya FXXning Qalmiqiston va Astraxan viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib RT xabar bermoqda.
"O‘zbekiston fuqarosi to‘rt yil davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Bu shaxs odam savdosi jinoyatida gumonlanmoqda, u bir necha yil davomida tergovdan qochib yurgan", — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, u yo‘lovchi poyezdlarini chegara nazoratidan o‘tkazish vaqtida qo‘lga olingan.