O‘zbekistonda onkologik dori vositalari va gemodializ uchun buyumlar ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishTabletki.
Tabletki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan biridir.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda onkologik dori vositalari va gemodializ uchun buyumlar ishlab chiqariladi.

Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan "Belfarmprom" xolding kompaniyasi bosh direktori Valeriy Shevchuk va Belarus Respublikasining nufuzli farmatsevt  mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishildi.

Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammolardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham 100 mingdan ortiq  bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turadi. Bunday bemorlarga samarali tibbiy yordam ko‘rsatishda zamonaviy tibbiy preparatlarning o‘rni beqiyos.

"Belfarmprom" jahon farmatsevtika sanoatida yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, bugungi kunda mazkur xolding kompaniya tarkibidagi korxonalar o‘z mahsulotini dunyoning o‘ttizdan ziyod davlatiga eksport qilmoqda. Endilikda mazkur kompaniya bilan hamkorlikda yurtimizda  onkologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy tibbiy preparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etishga kelishildi. O‘zaro muloqotlarda belaruslik mutaxassislar mamlakatimiz qimmatli tabiiy xomashyo bazasiga boyligi hamda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgani xorijiy investorlar uchun juda katta qulaylik yaratishini ta’kidladilar. 

Yana bir muhim loyiha –  gemodializ buyumlari va sarflash materiallari ishlab chiqarish borasidagi kelishuv bo‘ldi. Gemodializ – buyrak vazifasini bajaruvchi davo muolajasi bo‘lib, buyrak xastaligiga chalingan bemorlar  hayotini asrashda bu usul muhim rol o‘ynaydi.

Vrachi iz Uzbekistana primut uchastie v igrax na ChM po futbolu sredi meditsinskix rabotnikov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston shifokor futbolchilari jahon chempionatida ishtirok etadi

Uchrashuvda shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini  yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ikki tomonlama shartnomalar imzolanishiga ham kelishib olindi.

Delegatsiya a’zolari "Aziya Treyd" farmatsevtika korxonasi va "Zomin-farm" erkin iqtisodiy zonalariga  tashrif buyurib, respublikada farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar bilan bevosita tanishadilar. 

Yangiliklar lentasi
0