Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMat s mladensem
Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi va Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxonasida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi hamda Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxonasida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, uning natijasi bo‘yicha bir qator xodimlarga choralar ko‘rildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston
Chaqaloqlarni vahshiylarcha o‘ldirgan xususiy klinika to‘rt marta litsenziyadan mahrum qilingan

Murojaatlardagi har bir holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi professorlari va Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbar-xodimlaridan iborat guruh o‘rganish ishlarini olib bordi.

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi va Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxonasida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvidan so‘ng tibbiyot muassasasining ayrim shifokor va hamshiralari o‘z xizmat vazifasi, aholi oldidagi burchiga panjara ortidan qarab kelgani, ona va bola salomatligi, patronaj ishlari sust olib borilgani aniqlandi.

O‘zbekiston rahbarining onalik va bolalikni muhofaza qilish, patronaj ishlarini haqqoniy olib borish bo‘yicha bergan topshiriqlarini to‘la-to‘kis bajarmay, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi. Xususan, Pastdarg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri T.Hakimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu muassasaning akusher-ginekologi M.Rashidova, umumiy amaliyot shifokori Sh.Muhiddinova, patronaj hamshirasi G.Hasanova va doya D.Mardiyevalarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar ko‘rildi.

Novorojdennie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2018-yilda tug‘ruqxonalarni jihozlashga 50 mln dollar ajratadi

Shuningdek, Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxona bosh vrachi I.Hazratqulov, ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi D.Hasanovalar ona va bola salomatligiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Mazkur tug‘uruqxonaning yana bir guruh xodimlariga xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, bemor sog‘ligiga nisbatan beparvolik bilan yondashgani uchun qat’iy intizomiy choralar ko‘rildi.

Yangiliklar lentasi
0