Shu yil iyul oyida kuchayib ketgan jangovar harakatlarda yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar ichida "Islom davlati" tarafida jang qilish uchun kelgan sobiq ittifoq davlatlari fuqarolari va ayollar bor. RIA Novosti xabariga asosan.
Afg‘onistonda kim xo‘jain
Janglar to‘rtta provinsiyada olib borilmoqda: Jauzjan, Kunar, Sari-Pul va Lagman. Toliblar son jihatidan ustunligi natijasida "Islom davlati" jangarilari tomon bostirishmoqda. Ular o‘z navbatida masjid va turli tadbirlarda terrorchilik amallar bilan javob berishmoqda. "Tolibon" tarafida 72 nafar kishi, "Islom davlati" tarafida esa 52 nafar kishi o‘ldirildi.
To‘qnashuvlar Suriya va Iroqda mag‘lubiyatga uchragan "xalifalik" tarafdorlari O‘rta sharqda o‘rnashib olish natijasida vaziyat keskinlashmoqda. Jihodchilar chegara tumanlarda o‘rnashib, noqonuniy qurol va narkotik moddalar oqimini nazoratga olishgan, bu bilan esa toliblarning odatiy daromadidan mahrum qilishmoqda.
Mafkuraviy qarama-qarshiliklar iqtisodiy raqobatni kuchaytirmoqda. Islom davlati tarafdorlari toliblarni butparastlik xurofotida ayiblab, yoshlarni o‘z tarafiga og‘dirishmoqda. Toliblar esa "ID"ni xudosizlikda ayblab, nizo va zo‘ravonlikni tarqatuvchi yollanganlar sifatida qarashmoqda.
Toliblar o‘nlab yillar davomida Afg‘onistonda radikal islomning yagona harakatini sifatida o‘zini namoyon qilishgandi. "ID" kelishi bilan vaziyat o‘zgardi. Islom amirligi konsepsiyasi o‘rniga Suriya va Iroq hududidan kelganlar "global xalifalik"ni targ‘ib qilishmoqda.
Terrorchi xizmatida bo‘lgan shifokorlar
G‘oyaviy kurash Afg‘oniston hududi bilan chegaralanmayapti. 1990-yillarda toliblar sobiq ittifoqidan kelgan ko‘ngillilar oqimini olishni boshladi. Ular ichida ko‘proq Markaziy Osiyo, Checheniston, Dog‘istondan kelganlar bo‘lgan, biroq Povoljyadan ham kelganlar bor. Hozirgi vaqtda ko‘proq "ID"ni ma’qul deb topishadi. Xalifalik tarafdorlariga afg‘on-turkman chegarasida xorijiy yordam juda muhim. Ayniqsa tibbiyot sohasida.
"Hech kimga sir emaski, to‘qnashuvlarda ko‘pchilik jarohatlardan o‘lgan. Harbiy shifokorlarning o‘rni juda yuqori! Biroq, shifokorlar ularning g‘oyaviy qarashlarini qo‘llab-quvvatlashi toliblarga va IDchilarga zarur. Shunday "shimoliy kavkaz tibbiyotchilar" paydo bo‘ldi. Ular Rossiyada ta’lim olib, Afg‘onistonga ko‘ngilli sifasida ketishgan", - deb ta’kidladi "RIA Novosti"ga zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi eksperti Andrey Serenko.
Ko‘ngilli-shifokorlar orasida ayollar ham ko‘p. Iyul oyida toliblar bilan janglarda chechenistonlik va o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi. Bundan avval Suriyada "ID"da jangovar ayollar bo‘linmalari tashkil qilinganligi haqida xabar berilgandi.
Demokratiya bid’at sifatida
Chegarada sodir bo‘layotgan vaziyat Rossiya xavfsizligiga tahdid solmoqda. Jihodchi guruhlarning Turkmaniston yoki O‘zbekistonga kirib kelishi butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni buzilishiga olib keladi. Hozircha ular ichki nizo bilan band, sobiq sovet respublikalari bilan ishi yo‘q. "Agar terrorchilar Markaziy Osiyoga hujum qilmoqchi bo‘lganida, ular allaqachon buni amalga oshirgan bo‘lardi", - deb ta’kidlashdi ekspertlar.
Terrorchilik amallarning mantiqiy g‘oyasi asosiy zarbaning boshqa yo‘nalishini ko‘rsatmoqda. Har ikkala harakat oktabr oyida bo‘ladigan saylovlarni buzishga harakat qilmoqda: saylovchilarni qo‘rqitish siyosati olib borilmoqda, saylov uchastkalari portlatilmoqda, shuningdek savlov komissiya a’zolari o‘ldirilmoqda. ID uchun saylovni buzish – prinsial maqsad – "xalifalik" tarafdorlari demokratiyani "ko‘p xudolik"ning bir turi deb hisoblashadi. Xalq hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘rta asrlar huquqi bilan qo‘l chopish jazosi beriladi.
Ikki harakat ham o‘rta asrlar musulmon huquqi asosida davlat qurishga harakat qilishmoqda. U bu hududda o‘rnashib, islomiy huquqni tiklanishiga harakat qilib, o‘z tarafdorlarini taklif qilishmoqda, ularga ko‘pchilik qo‘shilmoqda.
Ikkalasi ham yomon
Rasmiy Qobul vaqti vaqti bilan toliblar bilan tinchlik bo‘yicha kelishuvlarga erishmoqda. Ular ushbu harakat yetakchilari bilan doimiy aloqa qilib turishibti. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani uch kunlik tinchlikka erishilgan kelishuvni katta muvafaqqiyat deya e’tirof etdi: "Ko‘pchilik buni hayot davomida kutishdi. Toliblar butun mamlakat bo‘ylab shaharlarimizga kirishdi va ro‘za bayramini davlat xizmatchilari va fuqarolari bilan birgalikda nishonlashdi. Men toliblar talablarini qabul qildim va ularning rahbari Xaybatullo Axundzoda bilan muzokara qilishga tayyorman".
Rasmiy Qabul "Islom davlati" bilan murosa qilmayati. Biroq bu o‘z navbatida Afg‘oniston shimoliy va sharqida ularning kuchlarini ko‘payishiga to‘sqinlik qilmayapti. Birinchi navbatda ularga toliblar tomonidan qo‘shilgan kishilar hisobiga kuchaymoqda.
"Toliblar orqasidan "Al-Qoida" xalqaro terrorchilik uyushmasi turmoqda. "ID"ga qarshi hujum qilish uchun toliblar bilan murosaga kelish istagi – bu eng muvafaqqiyatli taktika emas", - deb ta’kidladi Andrey Serenko.