O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish bo‘yicha nizom muhokamaga qo‘yildi

© Sputnik / Ilya PitalevZagotovki dlya chekanki monet
Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va e’lon qiladi.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan tayyorlangan "Qimmatbaho metallardan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tangalarini sotish va qaytib sotib olish tartibi to‘g‘risida nizom" loyihasi umumiy muhokama qo‘yildi.

Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 463,1 million dollarga kamaydi

Loyiha O‘zbekiston prezidentning 2018-yil 7-iyundagi "O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli yombilar ishlab chiqarishni tashkil etish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq tayyorlandi.

Nizom talablariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealari hamda jamiyat hayotidagi boshqa voqealarga bag‘ishlangan va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan yubiley, shuningdek investitsion tangalarni muomalaga chiqaradi.

Markaziy bank tangalari O‘zbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati bo‘yicha naqd pul shaklidagi qonuniy to‘lov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan farq qiluvchi narxlarda kolleksiya, investitsiya va tezavratsiya (jamg‘arma) obyektlari sifatida muomalada bo‘lishi mumkin.

Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va e’lon qiladi.

Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilning 1 choragida O‘zbekiston asosan oltin va gaz eksport qildi

Mazkur narx qimmatbaho metallarning bir troy unsiyasi uchun avvalgi kunning London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi(LBMA)ning ertalabki fiksing narxi va so‘mning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursidan foydalanib belgilanadi.

Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi va ularning joylashgan manzili haqida ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinadi.

Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olishda Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar alohida shartnomalar asosida tartibga solinadi.

Markaziy bank tangalari jismoniy shaxslarga naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari asosida, shu jumladan xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi.

Markaziy bank tangalarining yuridik shaxslarga sotuvi to‘lovni talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Markaziy bank tangalarining sotuv narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada, qimmatbaho metallning bir gramm narxi hamda Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marjaga asosan belgilanadi.

Zolotie slitki iz kolleksii Goxrana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turistlar oltin yombilarini sotib olishi yo‘lga qo‘yiladi

Markaziy bank tangalarini jismoniy va yuridik shaxslardan qaytib sotib olish ularni Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qaytib sotib olish shoxobchalari orqali va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan majburiy ravishda texnik ekspertiza o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, Markaziy bank tangasining egasi, jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili o‘z fuqarolik pasportini taqdim etadi va ushbu Nizomga ilovaga muvofiq tangani qayta sotib olish uchun qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Shuningdek, yuridik shaxsning vakili Markaziy bank tangasini tasarruf etish uchun ishonchnoma ham taqdim etadi.

Markaziy bank tangasini qaytib sotib olish narxi tanga topshirilgan kundagi bir gramm qimmatbaho metall narxidan hamda ushbu narxga qo‘llaniladigan diskontdan kelib chiqib hisoblanadi.

Markaziy bank Boshqaruvi har bir turdagi qimmatbaho metall uchun alohida diskontni tasdiqlaydi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qachondan naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkinligi aytildi

Markaziy bank tangasi uning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikati bilan birga muomalaga chiqariladi. Har bir asillik sertifikati o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Asillik sertifikatini almashtirishga ehtiyoj bo‘lganda yoki uning yo‘qotish holatlarida, tanga egasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qaytib sotib olish shoxobchalariga to‘lov asosida yangi asillik sertifikatini olish uchun murojaat qiladi.

Sertifikat almashtirilishi 30 ish kuni davomida Markaziy bank tangasining Asillik darajasini belgilash palatasining texnik ekspertizasidan o‘tkazilishi sharti bilan amalga oshiriladi.

Loyiha 3-avgustga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0