O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 463,1 million dollarga kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishProizvodstvo zolota
Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritadi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Markaziy bank 2018-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-iyul holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 27 660,5 million AQSh dollari (2018 yil 1-iyun holatiga 28 123,6 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 463,1 million AQSh dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 13 818,3 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 118,9 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 26 648,9 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-iyun holatiga 27 025,0 million AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0