O‘ho‘: kontrakt to‘lovi, poraxo‘r o‘qituvchilar, yangi terminal va shikastlangan valyuta

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu hafta davomida O‘zbekistonda ko‘plab hodisa va voqealar sodir bo‘ldi. Xususan, haftaning boshida oliygohlarda to‘lov-kontrakt miqdori oshirilganligi e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev respublikada atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi. Nukus aeroportida yangi yo‘lovchi terminal ochildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Atom elektr stansiya

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyulda respublikada atom elektr energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe voprosam sozdaniya atomnoy energetiki v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi

Stansiyani 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Stansiyani barpo etish natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Yig‘ilishda atom elektr stansiyasini qurish, undan foydalanish, xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ishlar muhokama qilindi.

"Bu sohada faqat tabiiy gaz va ko‘mirdan foydalanishni davom ettiraversak, ularning mavjud zaxirasi ma’lum vaqtdan keyin tugab qolishi mumkin. Bu esa kelajak avlod oldida kechirib bo‘lmaydigan xato va jinoyat bo‘ladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ish tutish, atom elektr stansiyasini joylashtirish bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish va geologik-qidiruv ishlarini sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ushbu sohaga doir normativ-huquqiy baza yaratish, "Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun va tegishli qaror loyihalarini ishlab chiqish, ularning MAGATE talablari va xalqaro hujjatlarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, fizika va texnika yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlarini bitirgan salohiyatli kadrlarni tanlab olib, ularni Moskva va Minskka o‘qishga hamda atom elektr stansiyalarida tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Nukusda yangi yo‘lovchi terminali ochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega yangi yo‘lovchi terminali ishga tushirildi. Ochilishida bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ishtirok etdi.

Otkritie obnovlennogo aeroporta Nukus - Sputnik O‘zbekiston
Yangilangan Nukus aeroporti birinchi yo‘lovchilarni kutib oldi

Terminal xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Majmuaning dizaynini ishlab chiqishda hududning iqlim sharoiti ham hisobga olingan. Unda texnologiya, xavfizlik va qulaylik o‘rtasida muvozanatga erishilgan, deb ta’kidlashmoqda aeroport xodimlari.

"Toshkentda yaqinda eng zamonaviy terminallardan bittasi ochildi. Bundan tashqari ko‘p joylarda aeroportlar qurish masalasi ham muhokama etilayapti. Hozirgi kunda Toshkent shahrida Sharqiy yangi aeroporti bunyod etilayapti. Ikki yil ichida bu masala hal bo‘ladi va O‘zbekistonda yana bir nechta aviakompaniyalar ochiladi", — deb aytdi Ramatov.

Faqatgina "O‘zbekiston havo yo‘llari" emas, bir nechta aviakompaniyalar ochilishi kutilyapti, o‘sha kompaniyalar samolyotlari Nukus qal’asiga mana shu yangi qurilgan terminal orqali xizmat ko‘rsatadi, - dedi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.

Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi miqdori

2018 yil 1-sentabrdan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati o‘rtacha 18,5 foizga yoki ta’lim yo‘nalishlariga qarab 12,3 foizdan 24,7 foizga oshirildi.

Ushbu xabar hafta davomida internetda qizg‘in muhokama qilindi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda deputatlar kontrakt to‘lovini pasaytirish bo‘yicha takliflar bildishdi

Oliy Majlis deputatlari Abdurashid Abduqodirov va Rasul Kusherbayev kontrakt to‘lovi miqdorini pasaytirish bo‘yicha takliflar bilan chiqish qildi.

Xalq vakillarining hisob-kitoblariga ko‘ra, agar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi stipendiyalardan to‘liq voz kechilsa, to‘lov-kontrakt miqdori 1,5-2 million so‘mdan ortmagan bo‘lardi.

Valyuta ayirboshlash operatsiyalari

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda shikastlangan chet el valyutasini muomalaga yaroqli deb topish asoslari ko‘rsatilgan. Masalan, endilikda tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa; enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa; qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 santimetr ikkitadan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa bunday banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.

Dollari SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Banklar qanday holdagi shikastlangan xorij valyutalarini qabul qilishi belgilab berildi

Shuningdek, tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oldin amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, eski kupuralarni Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga topshirishga to‘g‘ri kelardi. Endilikda bunday kupuralarni banklar va valyuta almashtirish punktlari qabul qilishga majbur. Shikastlangan kupuralarni qabul qilgani uchun moliya muassasalariga komissiya to‘lovi olishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, rezident jismoniy shaxslarga tijorat bankining maxsus dasturidan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish, sotish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati berilmoqda. Bunda maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (planshet, mobil telefon) yuklab oladi hamda undan foydalanadi.

Poraxo‘r o‘qituvchilarga qarshi "ov"

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Yunusobod tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 247-sonli umumta’lim maktabi direktori Tulametova fuqaro Almasovadan farzandini 1-sinfiga o‘qishga qabul qilish evaziga 500 ming so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Toshkent milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji direktorining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vahobova esa o‘qishni oilaviy sharoitlar tufayli tamomlay olmagan Qoraboyevga kollejni bitirganlik to‘g‘risidagi diplomni rasmiylashtirib berish evaziga undan 400 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston
Oliy dargohlarni poraxo‘r domlalardan tozalash ishlari boshlab yuborildi

Shuningdek, Chilonzor tuman tibbiyot kolleji talabasi mazkur kollejda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi Malikov orqali fuqaro Malikovani ikkinchi mutaxassisligi bo‘yicha ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan 500 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana boshqa holatda fuqaro To‘laganova va Toshpo‘latovalar Toshkent pediatriya instituti rektori yordamchisi lavozimida ishlovchi Umid ismli tanishi orqali mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yamiz deb, Mirzaabdullayevadan naqd 15 ming dollarni sanab olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Toshkent Davlat pedagogika universitetida ham xuddi shunday holat ro‘y bergan. Oliygohning laboranti Boboyev Nurullayevni universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, undan 8 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Shu universitetning yana bir xodimi — dotsent Axmadaliyev ham fuqaro Salimovadan xohlagan fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berish evaziga 4 ming dollar so‘ragan va pulning teng yarmini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0