AQShda bir yashar bolakay ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi

CC0 / Pixabay / Novorojdenniy. Arxivnoe foto
Novorojdenniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolakay avvaliga shishachasidan sut ichdi, so‘ngra koptokcha bilan o‘ynadi, eshituvlar so‘ngida esa baqirib yig‘lab yubordi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. AQShda bir yashar bolakay ota-onasi ishtirokisiz migratsiya ishlari bo‘yicha sud eshituvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston BBCga tayangan holda.

Prezident SShA Donald Tramp, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQShdagi noqonuniy migratsiyaga qarshi yangi choralarni e’lon qildi
Ta’kidlanishicha, bolakay avvaliga shishachasidan sut ichgan, so‘ng koptokcha bilan o‘ynagan, eshituv so‘ngida esa ovozi boricha yig‘lashga tushgan.

Sud bolakayning AQSh hududida bo‘lishga huquqini o‘rgangan. Natijada, uning mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishi haqida qaror qabul qilingan. Hujjat hukumatga bolani Gondurasga, uning otasi deportatsiya qilingan hududga jo‘natib yuborish imkonini beradi.

Sud ishini ko‘rib chiqqan sudya, advokatdan "himoyasi ostidagi shaxs ish mazmuni nimadaligini tushunadimi?", deya savol berishga majbur bo‘lgan paytlarida juda ham xijolat chekishini yashirmagan.

"Men uchun bunday savolni berish juda uyatli, nega deganda siz buni kimga tushuntirishingizni bilmayman. Faqat bir yashar bolakay migratsiya to‘g‘risidagi qonunni o‘zlashtira oladi, deb taxmin qilmasak agar", — deb aytgan sudya Jon Richardson advokatlarga.

Bir yashar bolakaydan tashqari o‘sha kuni Arizona shtatida yana bir nechta bolalar ustidan ularning ota-onalarisiz sud jarayoni bo‘lib o‘tgan. Bolalardan biri yoshi haqidagi savolga javoban beshta barmog‘ini ko‘rsatgan.

AQShda may oyidan buyog‘iga mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotganda qo‘lga olinganlar oilasidan ajratilayotgani tufayli katta janjallar avj olishi davom etmoqda. Donald Tramp ma’muriyati tomonidan kiritilgan yangi qoidalarga ko‘ra, AQShga kirib kelishga urinish vaqtida ota-onasidan ajratilgan migrantlar oilasidan bo‘lgan bolalarga advokatlar berilmaydi.

Ular aksariyat hollarda sudda ingliz tilini bilmagan holda o‘zlarini o‘zlari himoya qilishga majbur, deb aytishmoqdda Texasdagi Texas Civil Rights Project NTT huquq himoyachilari.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh endi "dunyo politsiyachisi" bo‘lmaydi
NTT vakili Karlos Garsiyaning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar ishi bo‘yicha yuridik jarayonlar bir necha oyga cho‘zilishi mumkin — mamlakatga noqonuniy kirib kelganlik haqidagi jinoiy ish bo‘yicha suddan keyin, migrantlarning aksariyati boshpana so‘rab ariza beradilar, ular bo‘yicha qarorlar yana 2-3 oyda qabul qilinadi.

Ushbu vaqt davomida kattalar va bolalar turli migratsiya markazlarida saqlanadilar.

AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tadigan bolalarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi, birov migratsiya moddasi bo‘yicha ish ochilishi mumkin. Bu hollarda bolalar sudlarda o‘zlarini o‘zlari himoya qilishga majbur.

Amerika chegarasida oilalarni qo‘lga olish va ota-onalarni bolalardan ajratish siyosati joriy yil may oyidan amal qiladi. Shu vaqt ichida migratsiya markazlaridagi, AQSh ta’biri bilan aytganda "nozik yoshdagi shaxslar" soni 2 ming nafarga yaqinlashib qolgan.

Izolyator markazlari qayta jihozlangan omborxonalar yoki supermarketlardir. AQSh Bojxona-chegara oldi xizmati tomonidan tarqatilgan fotosuratlardan birida katta yoshdagi migrantlar metall setka bilan o‘ralgan, balandda joylashgan do‘kon peshtaxtalarida o‘tirganliklari aks ettirilgan. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, bolalar yomon sharoitlarda saqlanmoqda.

Chegarada bolalarni ota-onasidan ajratish siyosati butun dunyo hamjamiyati tomonidan keskin tanqid qilib kelinmoqda. Qochqinlar masalasi bo‘yicha BMT Oliy komissari Filippo Grandi Bi-bi-siga bergan intervyusida, migrantlarga nisbatan sabrsizlik siyosati nomaqbul, degan bo‘lsa, BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari Zayd al-Xusayn ham bu siyosatni to‘xtatish talabi bilan chiqdi.

Rim papasi Fransisk oilalarni ajratishni "katolik qadriyatlariga zid" va "axloqqa zid", deb atadi.

"Populizm — bu qaror emas", — dedi katolik cherkovi rahbari.

Donald Tramp tanqidga javoban 18-iyun kuni: "AQSh migrantlar uchun lager bo‘lmaydi va qochoqlar uchun boshpanaga aylanmaydi", deya post e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0