TOShKENT, 24-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaga noqonuniy immigrantlar kirib kelayotgan davlatlarga yordamni qisqartirish bilan tahdid qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Agar kimdir har qanday davlatdan kelar ekan, biz yordam pulidan ma’lum summani qaytarib qolamiz", — dedi Tramp, Nyu-Yorkda doira suhbati davomida noqonuniy immigratsiyani muhokama qilar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim davlatlar xavfli migrantlarga AQShga ko‘chib o‘tishga halaqit qilish uchun yetarlicha ish qilmayapti. Xorijiy yordamdagi o‘zgarishlar "radikal" bo‘ladi va "tezda" ro‘y beradi, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Shu bilan birga Tramp xorijiy yordam borasida yakka o‘zi qaror qabul qila olmaydi. Budjetdagi har qanday mablag‘lar Kongress tomonidan ajratiladi. Xuddi shu Kongress 2017-yilda Trampning boshqa mamlakatlarga beriladigan yordam hajmini jiddiy qisqartirish haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirgan edi.