TOShKENT, 1-may — Sputnik. AQSh endi dunyo politsiyachisi bo‘lmaydi va bunga ulkan mablag‘larni sarflamaydi, deb ta’kidladi prezident Donald Tramp. RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz dunyo politsiyachisi bo‘lishni borgan sari kam xohlamoqdamiz. Biz o‘n yilliklar davomida ulkan mablag‘larni dunyoda tartibni saqlab turish uchun sarfladik. Biz o‘zimizda tartib o‘rnatishni xohlaymiz, biz o‘z mamlakatimizni tiklashni rejalashtirmoqdamiz", — dedi Tramp Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot-anjumanida.
Ilgariroq Tramp hajmi 1,3 trillion dollarlik budjetga imzo chekkan edi. Budjet Mudofaa harajatlarini 80 milliardga ko‘paytirishni nazarda tutadi. Mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar jami 700 milliard dollarni tashkil etadi.
Budjetga shuningdek, "Rossiya ta’siriga qarshi kurash" uchun 250 million dollar miqdorida mablag‘lar kiritilgan. Shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam sifatida 200 million dollar nazarda tutilgan.