"20 yillik tajribamda bunaqasini ko‘rmaganman" - IIBB xodimi "tezkor vakil" haqida

Obuna bo‘lish
Oper bo‘lish uchun "otmorozok" bo‘lish kerakmi? Yo‘q bo‘lsa, tezkor vakilning Kattaqo‘rg‘onda sodir etgan hatti-harakatlariga yana qanday izoh berish mumkin? Toshkentdagi Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yurituvchi xodim Sputnik muxbiri bilan suhbatda shov-shuvli voqeaga nisbatan o‘z fikrlarini bildirdi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Chorshanba kuni Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi ko‘plab guruhlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimi San’at Umarovning ayol kishini tahqirlab, uni butkul yalang‘och holgacha yechinishga majburlagani aks etgan videorolik tarqalib ketdi.

Ushbu video internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi.

O‘zbek ayolnining huquq posbonlari tomonidan bu qadar jirkanchli tarzda tahqirlanganligi aksariyat internet foydalanuvchilari tomonidan keskin qoralandi.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida ayol kishini yechintirgan tezkor vakilga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri "tezkor vakil"ning harakatlariga izoh olish uchun uzoq yillardan beri Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan militsiya xodimi bilan bog‘landi.

"Tergovchi deganda o‘zimdan kelib chiqib o‘ylardim, bunaqasini… 20-yillik tajribamda ko‘rmaganman", — dedi savolga javob berar ekan IIBB vakili.

"IIV tomonidan, ayniqsa poytaxt IIBB tomonidan shuncha ijobiy amaliy ishlar olib borilayotgan bir vaqtda, befarosat, ongsiz, manqurtsifat bir xodimning ishi, barcha yaxshiliklarni yuvib ketgandek…", — deydi u biroz o‘ylanib.

So‘ngra o‘sha "tezkor xodim"ning tabiati aslida ichki ishlar idorasiga mos emasligini qo‘shimcha qiladi.

"Unaqalar odamlardan alamzada bo‘lishadi tabiatan. Agar u shofor bo‘lsa edi, boshqa birovni ustiga haydagan bo‘lardi mashinasini. Agar vrach bo‘lganida edi, anesteziyasiz operatsiya qilgan bo‘lar edi. Agar o‘qituvchi bo‘lganida edi, o‘quvchilarni urib, kun bermagan bo‘lardi. Agar jurnalist bo‘lganida edi, yo‘q narsalarni bo‘rttirib, birovni qaqshatib, tuhmatkash bo‘lardi. Agar u quruvchi bo‘lganida uyni tomini atay teshik qoldirib ketar edi…", — dedi o‘z gapi yakunida huquqni muhofaza qilish organi xodimi.

Ayni vaqtda Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida ushbu hodisa yuzasidan muhokama davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0