Rasmiy Pekin AQShning Xitoy haqidagi bayonotini keskin rad etdi

© AP Photo / Andy WongNatsionalniy flag Kitaya
Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq AQSh Davlat kotibi Pompeo tarkibida Xitoy, Kuba va Venesuela singari avtoritar hukumatlar mavjud BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi o‘z vazifasini bajarmay qo‘yganini ta’kidlagandi.

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. AQShning BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashida Xitoy nomiga yog‘dirayotgan ayblovlarini ochiqdan-ochiq aniq faktlarni pisand qilmaslik holatiga qiyoslash mumkin, AQShning hatti-harakatlari esa ko‘plab davlatlarda noroziliklarni keltirib chiqarmoqda, deb bayonot qildi chorshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan.

Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Inson huquqlari masxarami: AQSh BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqmoqda

Seshanba kuni AQSh Davlat kotibi va AQShning BMTdagi doimiy vakili mamlakat BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqishini e’lon qilishgan edi.

AQShning Inson huquqlari kengashidagi a’zoligi muddati 2019-yilning 31-dekabrida tugaydi.

AQShning hozirgi ma’muriyati vakillari Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitani Isroilga nisbatan "noxolis" munosabatda bo‘lgani uchun bir necha marotaba tanqid qilgan. Shuningdek, Kengash tarkibidan Venesuela, Xitoy va Kuba o‘rin olganligi tufayli ham tanqidiy fikrlarni ko‘p aytgan.

Gorod Pekin. Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShda inson huquqlari buzilayotgani haqidagi ma’ruzasini e’lon qildi

"AQShning Xitoy va boshqa davlatlardagi inson huquqlari holati bo‘yicha tanqidiy fikrlariga keladigan bo‘lsak — bu faktlarni ko‘r-ko‘rona inkor etishdir. Xitoy inson huquqlarini rivojlantirish masalasida katta taraqqiyotga erishdi. Buni soxta fikrlamaydigan har qanday inson ko‘ra oladi", — deb aytgan Gen Shuan AQSh tomonidan bo‘lgan tanqidga izoh berar ekan.

U shuningdek, AQShning Inson huquqlari kengashidagi harakati dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan noroziliklar va qarshiliklarni keltirib chiqarganini ma’lum qildi.

"Men o‘ylaymanki, AQSh buni to‘liq idrok etmoqda", — deb qayd etdi XXR tashqi siyosat mahkamasi vakili.

Yangiliklar lentasi
0