O‘zbekiston IIV nopok operning hatti-harakatlariga munosabat bildirdi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda San’at Umarov ichki ishlar organlaridan salbiy harakatlari uchun bo‘shatilgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston IIV o‘zbek ayolini yechintirib, tahqirlagan "oper" haqida rasmiy munosabat e’lon qildi.

"Hech bir jamiyatda inson qadr-qimmati tahqirlanmasligi, har qanday sharoitda ham inson sha’ni qadrlanishi, uning huquqlari to‘la kafolatlanishi belgilangan. Lekin, ba’zi bir nopok xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilayotgani juda ham achinarli.

"20 yillik tajribamda bunaqasini ko‘rmaganman" - IIBB xodimi "tezkor vakil" haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro N.Tga nisbatan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, holat Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan San’at Umarov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Bugungi kunda San’at Umarov ichki ishlar organlaridan salbiy harakatlari uchun bo‘shatilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlash, oldini olish va ichki ishlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalash maqsadida, doimiy ravishda keskin choralar ko‘rib boriladi, deb qo‘shimcha qilinadi rasmiy bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0