TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Samarqand viloyatida ayol kishini yechintirgan tezkor vakilga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qilishdi Samarqand viloyati IIBB matbuot xizmatida.
Chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi qo‘lga olingan ayol kishining sha’ni va obro‘sini tahqirlagani tasvirlangan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda o‘zi ko‘rinmaëtgan erkak kishi kamera qaratilgan aëlni qattiq haqorat bilan kiyimlarini yechib, qip-yalang‘och bo‘lishga majburlaydi. Kadr ortida yana bir aëlning ayni do‘q-po‘pisa ostida yechinishga majburlanaëtgani ovozi eshitiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu voqea 3-iyun kuni sodir bo‘lgan. Haqorat va tahdid ostida aëlni yechinishga majburlagan shaxs IIB xodimi San’at Umarov bo‘ladi.
Umarov ayolni qattiq haqorat qilib, "Hozir onangni s…n seni. Anavuni ko‘rayapsanmi, yech sen ham", — deydi. Kadr orqasidagi ayol yig‘lab turib, "iltimos, unday qilmang", — deb yolvoradi¸ ammo haqorat va tahqir davom etadi.
Videodagi ayol "akajon, men qilmaganman", — deb yolvoradi. Ammo buyruq beraëtgan shaxs endi aëlga qip-yalang‘och holda ko‘chaga chiqishni aytib o‘shqiradi.
"San’at Umarov tergovchi emas, u Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar tezkor vakili bo‘lgan. Shuningdek, ushbu videoga olingan holat tergov bo‘limi xonalarida sodir bo‘lmagan. Ushbu ayol tergov jarayoni bo‘yicha chaqirtirilmagan. Umarov ishdan bo‘shatilgan va unga nisbatan prokuratura tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qonun doirasidagi eng qat’iy choralar ko‘riladi", — deb ma’lum qilishdi Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatida.
San’at Umarov hozirgi vaqtda ichki ishlar tizimidan bo‘shatilgan va unga nisbatan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.