Mirziyoyev "Yoshlar Ittifoqi"ni keskin tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlashda hali kamchiliklar ko‘pligi ham qayd etildi. Jumladan, Yoshlar ittifoqi tadbirlarida dabdababozlik, yuzakilik ko‘zga tashlanayotgani, yoshlar bilan manzilli ishlashga, ularning muammolarini hal etishga yetarli e’tibor berilmayotgani tanqid qilindi

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida "Yoshlar Ittifoqi"ni keskin tanqid ostiga oldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
To‘y kortejlariga qarshi chiqqan Yoshlar Ittifoqining o‘zi kortej uyushtirdi...
"Har bir yoshning jamiyatda munosib o‘rnini topishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratishni islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib bormoqdamiz. Jumladan, "Kamolot" yoshlar harakati negizida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tuzdik, yoshlar bilan ishlashda yangi tizim va yondashuvlarni joriy etapmiz. 30-iyunda mamlakatimizda birinchi marta "Yoshlar kuni"ni keng nishonlab, yangi ijobiy an’anani yo‘lga qo‘ydik. Ammo yoshlar bilan ishlashda hamon kamchiliklar mavjud Jumladan, katta maqsadlar bilan tuzilgan Yoshlar Ittifoqi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashga, ularning muammolarini hal etishda yetarlicha e’tibor bermayapti. Tashkilot o‘tkazayotgan ayrim tadbirlar dabdababozlik, o‘zini "ko‘z-ko‘z" qilishga o‘xshab qolayapti", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Shuningdek, joylardagi 4 ta sektor rahbarlarining ko‘pchiligi hali yoshlar masalasi bilan to‘la shug‘ullanmayotgani qayd etib o‘tildi.

Ichki ishlar idoralari, mahalla qo‘mitalari, boshqa jamoatchilik tashkilotlari va ta’lim muassasalarining ham bu boradagi ishlari ko‘ngildagidek emas. Tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishini ham qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda esa yoshlar bo‘yicha mas’ul lavozimlar vakant bo‘lib qolmoqda.

Kaxramon Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar yetakchisi faqat yutuqlar emas, muammolar ham borligini tan oldi
Buning oqibatida yoshlarning ijtimoiy muhim masalalari e’tiborsiz qolmoqda. Qarovsiz va nazoratsiz qoligan yoshlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida sodir etilgan 17,5 ming jinoyatning qariyb 31 %i yoshlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha jinoyat sodir etgan 22 ming shaxsning 11 ming nafarini yoshlar tashkil etib, bu ko‘rsatkich Andijon, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida, ayniqsa, yuqoriligicha qolmoqda.

Qashqadaryo viloyatida jinoyat sodir etgan yoshlarning 70 foizini o‘qimaydigan va ishlamaydiganlar tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Andijon viloyatida 57, Surxondaryo viloyatida 43, Jizzax viloyatida 42 foizga teng.

Nafaqat uyushmagan yoshlar, balki kollej va maktab o‘quvchilari orasida ham jinoyatlarni sezilarli darajada kamaytirish ta’minlanmayapti. Joriy yilning o‘tgan davrida jami 371 o‘quvchi jinoyat sodir etgan. Kollej o‘quvchilari jinoyatlari soni Sirdaryo, Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlarida keskin oshgan. Maktab o‘quvchilari jinoyati asosan Jizzax, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va jinoyatchilik: Prezident ko‘targan muammoga yechim qidirib...

Xorazm, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar tomonidan qotillik jinoyatlari sodir etilgani yanada ayanchlidir.

Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahrida boshqa viloyatlardan kelib, qarovsiz va nazoratsiz yurgan 1 ming 700 ga yaqin voyaga yetmaganlar aniqlangan, ularning 500 nafari maktab va 670 nafari kollej o‘quvchilaridir.

Shu bois Yoshlar ittifoqi, tegishli vazirlik va idoralarga yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning qarovsiz va nazoratsiz qolishining oldini olish, ular o‘rtasida jinoyatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0