TOShKENT, 11-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Toshkentda terrorizmga qarshi kurashishda yoshlarning roli mavzusida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda shu kechayu-kunduzda ham yoshlarning ishga joylashishi eng dolzarb va muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidladi.
Quronboyev shuningdek, bugungi xalqaro konferensiyada muhokama uchun tanlangan mavzu juda dolzarbligini e’tirof etdi.
"Bu konferensiyaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi tasodif emas. Ma’lumki, butun dunyoda yangi tahdilar va chaqiriqlar vujudga kelishi xavfi ortib bormoqda. Barchamiz bilamiz-ki, O‘zbekistonning qariyb 60%ini yoshlar tarshkil etadi. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat mohiyati shundan iboratki — hech bir yosh e’tibordan chetda qolmasligi darkor. Bu o‘rinda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi amaliy ishtiroki bilan muhim rol o‘ynamoqda", — dedi yoshlar yetakchisi.
"O‘zbekiston yoshlar ittifoqi" — o‘zbek yoshlarining qonuniy manfaatlari va huquqini himoya qiladigan tashkilot, deb hisobot berdi xalqaro ekspertlarga Quronboyev hamda bugungi kunda O‘zbekistondagi barcha o‘quv yurtlari, tuzilmalar va muassasalarda yetakchilar kengashi o‘z faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi.
Quronboyevga ko‘ra, ayni vaqtda Yoshlar ittifoqi a’zolari soni 10 million nafardan oshgan.
Yoshlar ittifoqi raisi so‘zlariga ko‘ra 2017-yil davomida 5 mingdan ortiq yoshlar o‘z uy-joylariga ega bo‘lishgan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi kafillik maktublari asosida o‘rtacha yoki yengil turdagi jinoyatlarni amalga oshirgan 208 nafar yoshlar sud zalidan olib chiqib ketilgan.
Quronboyev ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyatini 30 yoshga to‘lmagan yoshlar tomonidan amalga oshirilishi hech kimga sir emasligini ta’kidlab o‘tdi. Quronboyevga ko‘ra, bu yoshlar ko‘pdan-ko‘p hollarda moddiy yetishmovchilik va din sohasidagi elementar bilimlarga ega bo‘lmaganligi tufayli terrorchilar to‘riga ilinadi.
"O‘tgan yilning noyabr oyida Rossiyada mehnat migantlari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Aynan migrantlar bilan uchrashuvda o‘zimizni qiynagan ko‘pgina savollarga javob topdik. Yosh vatandoshlarimiz na til na o‘z huquq va erkinliklarini bilmagan xolda xorijga ishga chiqib ketar ekan. Tabiiyki bu holda ular terrorchilik guruhlari uchun oson o‘ljaga aylanadi", — dedi prezident Davlat maslahatchisi.
Quronboyev Yoshlar ittifoqi aynan shu bois mehnat migrantlari bilan faoliyatni kuchaytirganligini ma’lum qildi. "Tillarni bepul o‘rganish imkoniyatini taqdim etmoqdamiz. Bizning mutaxassislar bu turdagi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda o‘z yordamini ayamayapti", — deb qo‘shimcha qildi u.