TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sobiq rektor Allaqulovni yaqindan bilgan, tanigan falsafa fanlari doktori, professor Shomat Somatov Sputnik nashriga yo‘llagan maktubida ilgariroq e’lon qilingan material yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etgan.
Nimaning evaziga?
O‘zining o‘ta ishchanligi, mehnatsevarligi, odamlar bilan dilkashligi, fidoiyligi, jasurligi, mardligi, eng muhimi xalol va pokligi, keng ma’noda insoniyligini namoyon etdi.
U yillar davomida to‘planib qolgan ayanchli holatni qisqa vaqt ichida tozalash imkoniyatini yaratdi. Buni haqiqiy jasorat desa bo‘ladi. Jamoa uni qo‘llab-quvvatladi.
Afsus…ming afsus ana shunday chaqnab turgan mash’ala, hech qanday aybsiz, bir to‘da haromtomoqlar fatvosi bilan so‘ndirildi. H.Allaqulov yoqqan ezulik mash’alasi, o‘sha unsurlar homiyligida keyingi 10-yilda so‘ndirildi.
Bundan halq ham, jamiyat ham katta ziyon ko‘rdi. Korrupsiya avjiga chiqdi. Qonunbuzarliklar kulminatsion nuqtaga chiqdi. Ko‘p ming kishilik jamoa ruhan mayib bo‘ldi. Bu yo‘qotishni bartaraf etish juda qiyin.
Buning uchun shu kecha kunduzda aynan elning mard va jasur farzandi Hidirnazar Allaqulov kerak! Boshqa kishi bu fojeani bartaraf etolmaydi.
H.Allaqulovga sabr-bardosh, omad, sihat-salomatlik tilayman", — deydi professor o‘z maktubida.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Sputnik muxbiri bilan suhbatda 2002-2004 yillarda Termiz davlat universitetining rektori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan, iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov o‘z lavozimiga qayta tiklanish niyatida ekanligini bayon etgan edi.
Termiz davlat universiteti sobiq rektori Allaqulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar O‘zbekiston respublikasi hududlarida joylashgan 14ta sudlarda, xususan, Oliy sudda ham ko‘rib chiqilgan va sudyalarning barchasi Allaqulovni haq deb, oqlov hukmini qabul qilgan. Shunday bo‘lsa-da, sobiq rektor o‘z lavozimiga qayta tiklanmagan.