Sobiq rektor Allaqulovga Bosh prokuratura javob qaytardi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura javob xatida mehnat huquqi buzilganligi yuzasidan BMT tomonidan chiqarilgan xulosani  ko‘rib chiqilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazga yuborilganligi ma’lum qilingan

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Termiz davlat universiteti sobiq rektori Xidirnazar Allaqulov o‘z lavozimiga qayta tiklash masalasi bo‘yicha vakolatga ega bo‘lmaganrespublika Bosh prokuraturasi va Buxoro viloyati prokuraturasidan javob xatlarini oldi. Bu haqda Allaqulov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Xidirnazar Allakulov - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq rektor Allaqulov O‘zbekiston hukumatidan o‘z lavozimiga qayta tiklashlarini so‘ramoqda

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq 2002-2004 yillarda Termiz davlat universitetining (TerDU) rektori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan, iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov o‘z lavozimiga qayta tiklanish niyatida Sputnik tahririyati orqali O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgandi.

Termiz davlat universiteti sobiq rektori Allaqulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar O‘zbekiston hududlarida joylashgan 14 ta sudlarda, xususan, Oliy sudda ham ko‘rib chiqilgan va sudlarning barchasi Allaqulovni haq deb, oqlov hukmini qabul qilgan. Shunday bo‘lsa-da, sobiq rektor o‘z lavozimiga qayta tiklanmagan.

Allaqulov o‘z murojaatida prezident Shavkat Mirziyoyevdan avvalgi ishi, rektorlik lavozimiga tiklashni, shu orqali sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘y tiklanishiga e’tibor qaratishini va unga nisbatan adolatni uzil-kesil qaror toptirishda yordam berishini so‘ragan.

Xidirnazar Allaqulov Sputnik muxbiri bilan suhbatda uning O‘zbekiston Hukumatidan avvalgi ishi rektorlik lavozimiga tiklashni va shu orqali uning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini tiklashni so‘raganligini, lekin murojaati bo‘yicha rektor lavozimiga tiklash vakolatiga ega bo‘lmagan Buxoro viloyati prokuraturasi va Bosh prokuraturadan javob xatlari kelganligini va bu javob xatlarida mutlaqo boshqa masalar keltirilganligini ma’lum qildi.

RGU nefti i gaza imeni Gubkina - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Gubkin universiteti dekani 23 talaba nega o‘qishdan haydalganiga izoh berdi

Buxoro viloyati viloyat prokuraturasi xatida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlari, 207-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandlari bilan Sizga nisbatan bo‘lgan jinoyat shi jinoyat ishlari bo‘yicha Qashkadare viloyati Dehqonobod tuman sudining 23.02.2006 yildagi hukmi bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlangan. 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya sudlov hay’atining 06.12.2006 yildagi ajrimi bilan yuqoridagi sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Jinoyat ishi 05.06.2007 yilda prokurarura tomonidan keltirilgan protest asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi apellyatsiya sudlov hay’atida ko‘rib chiqilib, birinchi bosqich sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan. 

“O‘zbekiston Respublikasii FKning 1021-moddasida ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarur yetkazuvchi tomonidan qoplanishi, zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javorgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo‘lsa urdirilishi, 1022-moddasida ma’naviy zarar pul bilan qoplash, ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanishi belgilangan.

Kelgusida Sizga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish ishga tiklash va boshqa masalalarda tegishli tartibda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda yuqori sudga murojaat qilishingiz, mazkur javob xatidan norozi bo‘lgan taqdiringizda yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish huquqingiz borligini tushuntiraman” – deb yozilgan Buxoro viloyati prokurorasining javob xatida.

Studenti MGU - Sputnik O‘zbekiston
MGU talabalari Mirziyoyevdan o‘qish narxini oshirmaslikni so‘rashmoqda

Shuningdek, Bosh prokuratura javob xatida mehnat huquqi buzilganligi yuzasidan BMT tomonidan chiqarilgan xulosani  ko‘rib chiqilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazga yuborilganligi ma’lum qilingan.

Sobiq rektor X.Allaqulov suhbat jarayonida uning murojaatnomasi bo‘yicha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Komiteti ham 2017-yil 19-iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan 120-sessiyasida qaror qabul qilganligini va bu qarorda uning huquqlari tiklanishi lozim ekanligi ko‘rsatilganligini bildirdi.

Suhbat yakunida sobiq rektor Xidirnazar Allaqulov uni rektorlik lavozimiga qayta tiklash vakolati birdan-bir Prezident Shavkat Mirziyoyevda ekanligini aytib, hozircha o‘zining O‘zbekiston hukumatiga yo‘llagan murojaatiga aniq javob olmaganligini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0