Hodisalar

Oʻzbekistonda tanishini urib, pullarini oʻgʻirlagan er-xotinga qidiruv eʼlon qilindi

© Sputnik / Sotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Samarqandlik er-xotinlar shaharda vaqtincha istiqomat qilayotgan shaxsni urib, soʻngra uning pullari va kartochkalarini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Shu munosabat bilan IIV fuqarolarga murojaat eʼlon qildi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston IIV tanishini urib tan jarohat yetkazib, pullarini olib qochgan er-xotin qidirilayotgani haqida eʼlon berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekistondan millionlab qarzi boʻlgan fuqarolar ustidan qidiruv eʼlon qilindi
21 iyun kuni Samarqand shahrida vaqtincha yashayotgan A.R tanishi bilan oʻzaro janjallashib qolgan va olgan tan jarohati sabab Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga yotqizilgan.

Samarqand shahar IIB dastlabki surishtiruv ishlari natijasini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 21 iyun kuni A.R.ning tanishlari — Aleksandra Bezpyatova va uning rasmiy nikohsiz turmush oʻrtogʻi Abdurahmon Oʻrazovlar A.R. vaqtincha yashayotgan xonadonga kelib, hech bir sababsiz uning yuz va bosh qismiga qoʻllari bilan urib jarohat yetkazishgan.

Zoʻravon talonchilar A.Rning "IRhone-5S" mobil telefoni va pullari, hisobida mablagʻlari boʻlgan bank kartochkalarini olib, jabrdiydaning oʻzini yoʻlovchi taksi avtomashinasiga oʻtkazib, Toshkent shahriga joʻnatib yuborishgan. Er-xotinning oʻzi voqea joyidan yashiringan.

Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Aeroportda yoʻlovchilarni chuv tushirib kelgan firibgar-haydovchi qoʻlga olindi

Aleksandra Bezpyatova va Abdurahmon Oʻrozovlarni ushlash choralari koʻrilgan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston IIV fuqarolarga murojaat qilmoqda.

"Hurmatli fuqarolar, agar siz yuqorida jinoyat sodir etgan shaxslar haqida biron maʼlumotga ega boʻlsangiz, darhol hududiy ichki ishlar boʻlimlariga murojat qilishinizni yoki "102" raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishingizni soʻraymiz. Bu bilan siz ushbu shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan turli xil jinoyatlarning oldini olgan boʻlasiz", — deyiladi IIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0