O‘zbekistondan millionlab qarzi bo‘lgan fuqarolar ustidan qidiruv e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Qidiruvdagi shaxslar ro‘yxati guvd.uz rasmiy saytida e’lon qilindi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi davlat foydasiga pul to‘lashdan bosh tovlagan fuqarolarni qidiruvga berdi.

Qidiruvdagi shaxslarning to‘liq ro‘yxati guvd.uz rasmiy saytida e’lon qilindi.

IIBB qidiruvdagi alimentchilar ro‘yxatini e’lon qildi
Xususan, Toshkent shahar Olmazor tuman sud ijrochilar bo‘limining 2016-yil 10-oktabr kunidagi qaroriga asosan, qarzdor Igamberdiyev Husan Abdumalikovich davlat foydasiga 18 mln 449 ming so‘m to‘lashdan bosh tovlaganligi uchun qidiruvga berilgan.

O‘zbekiston fuqarosi Baxtiyor Umarqulov esa davlat foydasiga 238 million 664 ming 454 so‘m to‘lashdan bosh tortganligi uchun qidirilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, davlat foydasiga 22 mln 722 ming 611 so‘m to‘lashdan bosh tovlagani uchun Natalya Rodionova ham qidiruvga berilgan.

Qidiruvga berilgan Lola Yunusxodjayevaning davlatdan qarzi esa 40 mln 363 ming 400 so‘mni tashkil qilgan. Ayol shuningdek 651 ming 200 so‘m davlat bojini ham to‘lamagan.

Toshkent IIBB tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatdan 26 kishi o‘rin olgan.

Ular orasida fuqarolardan qarzi bo‘lgan va bu qarzlarni to‘lashdan bosh tortgan shaxslar ham bor.

Yangiliklar lentasi
0