Ishsiz qolganini aytgan o‘zbekistonlik ishchilar ish joylarini tashlab ketishgan - Vazirlik

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holatni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiyevning shaxsan o‘zi nazorat ostiga olgan.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy tarmoqda yoritilgan 53 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qiyin ahvolda qolganligi haqidagi videolavhaga munosabat bildirdi.

Vazirlikning bildirishicha, mazkur holat bo‘yicha ichki surishtiruv olib borilgan.

Ma’lumot berilishicha, 2018-yilning 1-2 fevral kunlari O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiyaning "Trudovie rezervi Yevrazii" MChJ o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, ish beruvchining so‘rovi asosida Samarqand shahridagi mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markazi xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun Xorazm viloyatining Urganch shahrida g‘isht teruvchilik vakansiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan.

Migranti na rabote v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi tomonidan yuborilgan 53 fuqaro Rossiyada ishsiz qoldi - OAV

Unda qatnashgan 295 fuqarodan 92 nafari tanlovdan o‘tgan hamda 53 nafari safarga chiqish oldidan o‘qitilgan. 2018-yil 24-mart kuni 53 kishidan iborat guruh ishlash uchun ish beruvchining hisobidanSankt-Peterburg shahriga jo‘natilgan.

28 aprel kuni ularning barchasi mehnat patentini olishgan. Shartnomaga ko‘ra, patent olish uchun to‘lov ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan.

5 may kuni Agentlikka O‘zbekiston fuqarolari tomonidan mehnat qilayotgan joylarida muammolar paydo bo‘lgani haqida shikoyat kelib tushgan. Shikoyatda yashash sharoiti og‘irligi, ish hajmi ozligi, patentning ish joyiga muvofiq emasligi va asbob-uskunalarning pullik ekanligi aytilgan. Ish beruvchi mazkur shikoyat dan xabardor qilingan va undan tegishli choralar ko‘rish talab qilingan.

8 may kuni holatni aniqlashtirish va muammolarni hal qilish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi xodimi U.Isajonov Sankt-Peterburgga jo‘natilgan.

O‘sha kuniyoq shikoyatda keltirilgan ma’lumotlarni tekshirish maqsadida Isajonov hamda "Trudovie rezervi Yevrazii" MChJ mansabdorlaridan iborat komissiya shikoyatda ko‘rsatilgan Leningrad viloyatidagi manzilga kelgan.

O‘rganish natijasida yashash joylari sanitariya meyorlariga mosligi, ammo yashovchilarning shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilmasliklari, ishchilarga kasbiy malakasidan kelib chiqib ish hajmi berilganligi, zarur malakaga ega bo‘lmaganlarga past maosh tayinlanganligi aniqlangan.

Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, shartnoma bo‘yicha ishchilar Sankt-Peterburg shahrida ishga joylashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo vaqtincha Leningrad viloyatidagi obyektga joylashtirilgan.

Migratsiya agentligi Polshaga ilk ishchilarni jo‘natishni boshladi

Ma’lum qilinishicha, U.Isajonov bilan suhbatda aksariyat fuqarolar ish sharoitidan qoniqishlarini va ishlashda davom etishga tayyorliklarini bildirishgan.

Tomonlar 5 kun ichida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ishchilarni boshqa obyektga o‘tkazish bo‘yicha kelishib olgan.

28 may kuni tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktorining o‘rinbosari B.Tursunov kelishuv bajarilmaganligi haqidagi ma’lumotni o‘rganish uchun Sankt-Peterburg shahriga kelgan.

Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, aytib o‘tilgan muddat ichida 53 kishidan bir kishi oshqozoni og‘rigani uchun O‘zbekistonga qaytgan, 11 kishi, jumladan videomurojaat yozgan 4 kishi ish joyini tashlab noma’lum tomonga jo‘nab ketishgan. Ikkita obyektda qolgan 41 kishi mehnat faoliyatini davom ettirayotganligi aniqlangan.

Ish beruvchi tomonidan ish joyini tashlab ketgan 11 fuqaroga nisbatan e’tiroz bildirilgan. Ish beruvchining aytishicha, ularning uchib kelishlari, hujjatlarini rasmiylashtirish, yashash va yeyish-ichish xarajatlari uchun 3, 5 mln. rublga yaqin yoki 55 ming dollar sarflangan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Agentlik vakili A.Hafizov 19-iyundan buyon Sankt-Peterburgda bo‘lib turibdi. Unga ish beruvchining ishchilardan qarzdorligini aniqlash, ularning mehnat shartnomasida belgilangan maosh olishlarini ta’minlash hamda videomurojaat yo‘llagan vatandoshlar bilan uchrashish topshirilgan.

Stambul, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi fuqarolarni Turkiyadagi mehmonxonalarda ishlashga taklif etmoqda

Uning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining salomatliklariga nisbatan hech qanday xavf yo‘q, pasportlari o‘z qo‘llarida, mehnat sharoiti meyor talablariga javob beradi.

Agentlikning Xorazm viloyatidagi filiali direktori M.Ramadonov ish joyini tashlab ketgan fuqarolarning qarindoshlari bilan muntazam aloqada ekanligi aytilgan. Ish joyini tashlab ketgan fuqarolarning qayerda ekanliklarini aniqlash maqsadida Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur holatni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiyevning shaxsan o‘zi nazorat ostiga olgan. Agentlikning doimiy vakili shartnoma to‘liq bajarilishi va O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari himoya qilinishiga to‘liq ishonch hosil qilinguniga qadar Sankt-Peterburgda bo‘lishi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0