Xitoy AQShda inson huquqlari buzilayotgani haqidagi ma’ruzasini e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishGorod Pekin. Kitay
Gorod Pekin. Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada AQSh davlat departamenti jahonda inson huquqlariga amal qilinishi borasida navbatdagi yillik ma’ruzasini e’lon qilgan, unda Suriya, KXDR, Myanma, Xitoy, Eron, Turkiya, Venesuela va Rossiyani tanqid qilgandi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. XXR Davlat kengashi Vashington o‘zini o‘zi "axloq sudyasi" va "inson huquqlari himoyachisi" etib tayinlab olganini, AQShning o‘zida bu borada vaziyat muntazam yomonlashayotganini ta’kidlagan holda "2017 yilda AQShdagi inson huquqlari haqida" deb nomlangan ma’ruzasini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

O‘tgan haftada AQSh davlat departamenti jahonda inson huquqlariga amal qilinishi borasida navbatdagi yillik ma’ruzasini e’lon qilgan, unda Suriya, KXDR, Myanma, Xitoy, Eron, Turkiya, Venesuela va Rossiyani tanqid qilgandi.

Ekspert Tatyana Romanova - Sputnik O‘zbekiston
Romanova: YeIni Markaziy Osiyo va u yerdagi insonlar huquqi tobora qiziqtirmoqda

"20 aprel kuni AQSh davlat departamenti 2017-yilda jahonda inson huquqlariga amal qilinishi haqidagi hisobotini e’lon qildi. AQSh "inson huquqlari himoyachisi" rolini o‘ynash va o‘zini "axloq-odob sudyasi" deb hisoblashda davom etgan holda boshqa mamlakatlarning ichki ishi va inson huquqlari sohasidagi vaziyatni o‘zboshimchalik bilan muhokama qilmoqda, ularning tanqidi bema’nilik va anglashilmovchiliklari bilan ajralib turadi. Go‘yoki bu olamda inson huquqlariga amal qilish bilan bog‘liq vaziyat faqatgina AQShda idealdek tasavvur uyg‘onadi", — deyiladi e’lon qilingan hujjatda.

Hujjatda qayd etilishicha, "AQShda jinoyatchilik darajasi o‘smoqda, hukumat hali ham o‘qotar qurollar bilan bog‘liq muammoni hal qila olgani yo‘q, qurol ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlar soni to‘xtovsiz oshmoqda, politsiyaning xizmat vazifasini bajarish vaqtidagi shafqatsizligi noroziliklar uyg‘otmoqda, hukumat hech kim bilan hisoblashmasdan va o‘z bilganicha fuqarolarning internetdagi shaxsiy hayotiga aralashmoqda va shaxsiy daxlsizlikning barcha chegaralarini buzmoqda, aholining hayoti va erkinligi jiddiy xavf ostida qolmoqda".

XXR Davlat kengashining ma’ruzasida AQShda irqlararo munosabatlar yomonlashishda davom etayotgani, irqiy adovat asosida aynan AQSh hududida nizolar tez-tez ro‘y berayotganligi qayd etiladi. Bunga misol sifatida sud ishlari bo‘yicha statistika keltiriladi. Unga ko‘ra, AQShda qora tanli erkaklar bir xil vaziyatdagi oq tanlilarga nisbatan 19,1%ga ko‘proq qamoq muddatini oladi. Ta’kidlanishicha, AQShda turli kam sonli millatlar vakillarining oylik maoshi sezilarli darajada past. Musulmonlarga nisbatan kamsitish darajasi esa 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyingi paytdagidan ham yuqori.

O‘zbekiston musulmonlari AQSh Davlat departamenti hisobotidan norozi

Xitoylik tahlilchilar shuningdek AQShda qashshoqlik yuqori darajada ekanligini qayd etishgan. Ularning bildirishicha, bu yerda 40 milliondan ortiq kishi qashshoqlikda, bundan 18,5 millioni o‘ta qashshoqlikda kun kechiradi. Ma’ruzaga ko‘ra, ta’lim va tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdagi muammolar, voyaga yetmaganlarning xavfsizligini ta’minlash ulkan xavotir uyg‘otadi.

Shuningdek, hozirda AQShda ayollar kamsitilishi yuqori darajada bo‘lib, ular tez-tez ruhiy, jismoniy va shahvoniy zo‘ravonlik qurboniga aylanishmoqda. Zo‘ravonlikdan, xususan, shahvoniy zo‘ravonlikdan bolalar ham himoyalanmagan, imkoniyati cheklangan kishilar esa tahqirlash va tazyiqlarga uchramoqda.

Xitoy hukumati ma’ruzasida keyingi vaqtda AQShning turli shtatlarida sodir bo‘lgan va yuzlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy otishmalar haqida ham eslatiladi. Las-Vegasdagi 60 kishi halok bo‘lgan va 500dan ortiq inson yaralangan otishma tilga olinadi, maktab va jamoat joylarida otishmalar tez-tez sodir bo‘layotganligi aytiladi.

XXR Davlat kengashining ta’kidlashicha, AQShning boshqa mamlakatlardagi harbiy operatsiyalari ko‘psonli insonlar o‘limiga va inson huquqlarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0