TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. AQSh seshanba kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibidan chiqishini e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlarning ushbu qarorini qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tanqidiy baholashmoqda.
Shu bilan birga Xeyli AQSh BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashida islohotlar o‘tkazilishi tarafdori ekanligi, va bu ishlar amalga oshirilgandan keyingina Qo‘shma Shtatlar ushbu tashkilotga qaytishi mumkin. Xeylining ishontirib aytishicha, AQSh tashkilot tarkibidan chiqqan taqdirda ham inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z ishlarini tashkilot doirasi tashqarisida ham davom ettiraveradi.
O‘z navbatida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ham Kengash inson huquqlarini himoya qilish o‘rniga, paymol qilingan huquqlarni "bekitish" bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan va tashkilotni "ikkiyuzlamachi", deya baholagan.
Pompeo shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha kengash "mamlakatlarni ular sodir etmagan huquqbuzarliklarda yolg‘ondan ayblab, shu bilan birga boshqa mamlakatlarning huquqbuzarliklari haqida "miq etmay" kelmoqda". "Kengash avval boshdan bayon etilgan maqsadlarni bajarmayapti. Uning tarkibida Xitoy, Kuba va Venesuela singari avtoritar hukumatlar mavjud", — deb ta’kidlab o‘tgan AQSh Davlat kotibi.