O‘zbekistonning bosh hokimi kim u: Artikxodjayev o‘zi haqida gapirdi

© Mejdunarodniy press-klubXokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir
Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining yangi tayinlangan hokimi Jahongir Artikxodjayev hokim bo‘lgungacha bosib o‘tgan yo‘li, yaqin yillarda Toshkentni kutayotgan o‘zgarishlar va hozirgi kunda o‘z atrofidagi jamoa qanday bo‘lishi kerakligi xususida ochiq gapirdi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxodjayev va Toshkent shahrining 11ta tuman hokimlari bilan jonli muloqot tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev i Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur ishbilarmon Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi

Muloqot davomida XPK raisi Sherzod Qudratxo‘jayev Toshkent shahar hokimiga blis-savollar bilan murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Artikxodjayev 2018-yil 26-aprel Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.

Toshkent shahar hokimi ish vaqti nechadan va nimadan boshlanadi?

"Hozirgi kundagi ish vaqtimiz ertalab soat 7.00dan boshlanadi. Ishni ishdan chiqib ishxonaga kelgunga qadar yo‘lni kuzatishdan boshlayman. Ish vaqti kechasi 12 yoki birlarda tugaydi, vaziyatga qarab. Ishlayapmiz, lekin shu ish vaqti ham kamlik qilayapti", — dedi Artikxodjayev.

Toshkent shahrining qaysi ko‘chalari sizga ko‘proq yoqadi, degan savolga u "Amir Temur shox ko‘chasi", deya javob berdi.

Biznesdan ketdimi yo‘qmi?

Hokim bo‘lib tasdiqlangach, O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan "Artel", "Imzo" korxonalari muassisi Artikxodjayevning biznesdan ketgan-ketmaganligi masalasi ham bugun ko‘pchilikni qiziqtiradi. Qudratxodjayev tomonidan berilgan shu turdagi savolga Artikxodjayev: "Albatta, biznesdan chetlandim. Ammo hokimiyatda biznes yuritish niyatim bor", dedi hokim va "ya’ni hokimiyatni faqat pul ishlatuvchi emas, balki pul topuvchi organga aylantirish niyati bor"ligini ma’lum qildi.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi 10 hokimga "vaqtincha vazifasini bajaruvchi" maqomi berildi

"Bo‘ladigan daromadlarni xalqimizga ishlatish niyatimiz bor, albatta", — deb qo‘shimcha qildi Toshkent rahbari.

 "Artel", "Imzo" tenderlarda imtiyozlarga ega bo‘ladimi?

Sobiq tadbirkor o‘zi muassisi bo‘lgan korxonalarga kelajakda Toshkent shahrida bo‘ladigan qurilish ishlarida qandaydir imtiyozlar beradimi, degan savolga Artikxodjayev oldin ham bunaqa ishlar bilan shug‘ullanmaganligini va bundan keyin ham shug‘ullanmasligini ma’lum qildi.

"Xalqimizning o‘zining ixtiyorida, mahsulotlarimiz sifatli bo‘lsa, raqobatga dosh bera olsa, olishlari mumkin", dedi u.

Tadbirkor sifatida ishni nimadan boshlagan?

"Artel", "Imzo" singari nozik texnologiyalar asosida ishlaydigan mashhur ishlab-chiqarish korxonalariga rahbar bo‘lgunga qadar yo‘lni sartaroshxona shirkati egasiligidan boshlaganini ma’lum qildi.

"O‘sha vaqtda kooperativ firmalar ochilgan davlatimizda, men kichikrok sartaroshxona va poyabzal tuzatish ustaxonalari shirkatini ochganman", dedi Artikxodjayev.

Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev dehqon bilan suhbatda boy bo‘lish sirini aytdi

Xobbingiz, degan savolga javoban "Xalqqa xizmat qilish va bir odamga bo‘lsa ham foydam tegishi. Buning uchun qancha mehnat kerak bo‘lsa, shuncha mehnat qilishga tayyorman", deya ta’kidladi.

O‘z komandasida kimlar bo‘lishini xohlardi?

Ishni yaqinda boshlagan hokim o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun atrofida qanday insonlarni ko‘rishni istashi to‘g‘risidagi savol ham ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Artikxodjayev bu savolga javoban shunday dedi: "Hokimlarga maslahat beruvchilar ko‘p bo‘lar ekan, buni ishga kirgach yana bir karra amin bo‘ldim. Men ham  maslahat berib, ham o‘sha g‘oyani o‘zi amalga oshiradigan odamlar komandamda bo‘lishini xohlayman".

Hokim bo‘lib tayinlangach, ishni nimadan boshlashni lozim topgan?

Artikxodjayev ishni nimadan boshlashni lozim topganligidan tashqari, Toshkent shahri oldida turgan qator muammolar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

Hokimning so‘zlariga qaraganda, ishni o‘zi ishlayotgan tuzilma bilan tanishishdan boshlagan. "Bu sistema qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan tanishib, biznes bilan hokimiyat tizimining umuman boshqachaligini his qildim. Men uchun bu tizim yangi bir hayot, yangi bir ish bo‘ldi", — dedi u.

Proyekt budushego delovogo sentra Tashkent-Siti - Sputnik O‘zbekiston
"Toshkent-siti" - maydoni 70 gektar, qiymati 1 mlrd dollar

Muammolar haqida so‘z ochar ekan, O‘zbekiston poytaxtining Bosh rejasi (Genplani) yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi. "Uzoq va yaqin strategiyasi yo‘q. Ya’ni 10-yildan keyin nima bo‘ladi, besh yildan keyin-chi? Yigirma yildan keyin Toshkentni qanday ko‘ramiz?, bu savollarga javoban aniq strategik reja qilinmagan edi shu paytgacha. Keyin hokimiyat faqat xizmat ko‘rsatuvchi organga aylanib qolgan. Supurish-sidirish, qurilish va boshqa ishlar… Ya’ni o‘zi alohida bir pul topib, yanada pulni ko‘paytirib, u yerda biznesni, ya’ni xususiy korxonalar bilan birgalikda, sherikchilikda ishlashni rivojlantirmagan ekan. Komunnal, yo‘l-transport sohalari eskirib ketganligi diqqatimni tortdi. Bularning barchasini yangitdan ko‘tarish kerak", — dedi hokim.

Shuningdek, Artikxodjayev tumanlarning o‘zini markazi yo‘q bo‘lib ketganligini aniqlaganini qo‘shimcha qildi.

"Hamma e’tibor markazga, tumanlarda esa markaz yo‘q bo‘lib ketgan". 

Toshkent hokimi ulgurji bozorlarni shahar ichidan chetga olib chiqilishi haqida ham so‘z ochdi.

"Dunyoning hech bir joyida yo‘q-ki, ulgurji bozor bilan savdo rastalari bir joyda bo‘lsa", dedi Artikxodjayev va bunday nomutanosiblikka barham berishini ma’lum qildi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, ulgurji bozorlar kelajakda shahardan 80 km chetroqqa ko‘chirilishi mumkin. 

Na odnom iz tashkentskix bazarov - Sputnik O‘zbekiston
Hokim: Qo‘yliq dehqon bozori poytaxt tashqarisiga ko‘chiriladi

Toshkent rahbari aholining yashash joyiga qarab, sport majmualari, bog‘cha va savdo do‘konlari va boshqa ijtimoiy obyektlar to‘g‘ri taqsimlanmaganligiga e’tibor qaratdi.

"Misol uchun bitta tumanda 200 ming aholiga sport majmualari 10ta bo‘lsa, boshqa tumanda 300 ming aholiga bunday majmualar soni 3tani tashkil qiladi. Ya’ni bu shahardan yoki tumandan bir-biriga qatnashlar orqali tirbandlikning yuzaga keltirishi, kamiga odamlarning sarson bo‘lishi — bunga o‘xshash ko‘plab muammolar bor va bularning barchasini deylik 3 yoki 5-yilda to‘g‘rilasa bo‘ladi rejalashtirish orqali hal etish mumkin. Va bugungi kunda biz hatto 5 oyda to‘g‘irlasa bo‘ladigan muammolarni ko‘rib, o‘rganib chiqayapmiz", — dedi Artikxodjayev.

 Oxirgi o‘qigan kitobi: Rashid al Maktumning "My Vision"("Mening qarashlarim") kitobi.

Internet hayhotining bir bo‘lagi.

Ish kabinetida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning portretlari bor.

Islam Karimov i Shavkat Mirziyoyev - syemka 2016 goda - Sputnik O‘zbekiston
Karimov va Mirziyoyev Toshkent kelajagi to‘g‘risida qanday maslahatlashishgandi

Artikxodjayev Jahongir Abidovich 1975-yil 2-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015-yil "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar "Artel Injiniring" MChJ direktori lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0