Mashhur ishbilarmon Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Djaxongir Artikxodjayev
Shavkat Mirziyoyev i Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahri va viloyatlarda amalga oshirilgan qator qurilish loyihalarida faol ishtirok etgan.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. "Artel", "Imzo" korxonalari muassisi Jahongir Abidovich Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xokim goroda Tashkent Raxmonbek Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri hokimi boshqa ishga o‘tkazildi

"2018 yil 26-aprel 15-00 da Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada, Toshkent shahar hokimi lavozimiga Artikxodjayev Jahongir Abidovichning nomzodi ko‘rsatildi. Deputatlar ushbu nomzodni bir ovozdan tasdiqlashdi. Artikxodjayev Jahongir Abidovich Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi", — deyilgan xabarda.

Artikxodjayev Jahongir Abidovich 1957-yil 2-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015-yil "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar "Artel Injiniring" MChJ direktori lavozimida ishlab kelgan. 

Avvalroq, 2012-yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etilgani, u Avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0